Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
Gemoglobinning
 
ko‗p sonli hosilalari orasida tibbiyot xodimlari uchun 
birinchi galda oksigemoglobin -HbO

– gemoglobinning molekulyar kislorod bilan 
birikmasi qiziqish uyg‗otadi. Gemoglobinning gemi temirning koordinatsion 
bog‗lari yordamida kislorod biriktirib oladi, bunda temirning valentligi 
o‗zgarmaydi va temir ikki valentligicha qoladi. Bu gemoglobinni oksidlangan 
gemoglobin deyiladi. Kislorodning gemoglobinga birikishini oksidlanish emas, 
balki oksidlangan gemoglobin (HbO
2)
, shuningdek, undan ajralishini, ya‘ni Hb va 
kislorodga dissotsiatsiyalanishining qaytarilish emas, balki – qaytarilgan 
gemoglobin (Hb) deyish kerak, chunki har ikkala holatda gemdagi temirning 
valentligi o‗zgarmaydi. 
Kisloroddan tashqari gemoglobin boshqa har xil gazlar, jumladan, CO, NO va 
boshqalar bilan osongina birikadi. Masalan, karbon ikki oksidi (―is gazi‖) bilan 
zaharlanish jarayoni sodir bo‗lganda, u bilan gemoglobin barqaror birikma 
karboksigemoglobin (HbCO) hosil qiladi. Bunda hosil bo‗lgan birikmaning o‗ta 
barqarorligi tufayli gemoglobin kislorodni biriktirib olish qobiliyatini yo‗qotadi, 
to‗qimalar kislorod bilan ta‘minlanmay qoladi va organizmning bo‗g‗ilib qolishi 
orqali uning o‗limiga sababchi bo‗ladi. O‗lim 70 % Hbning is gazi bilan birikishi 
yuz bergandan so‗ng, ya‘ni to‗qimalarning (birinchi navbatda miyaning) kislorod 
bilan ta‘minlanishi yetarli bo‗lmaganligi sababli sodir bo‗ladi. O‗z vaqtida, O



57 
(nafas bilan kirayotgan toza kislorod)ning bosimini oshirish HbCOning HbO
2
ga 
aylanishini ta‘minlash asosida is gazi bilan zaharlanishning oldini olishi mumkin.
Metgemoglobin.
Azot oksidlari, nitrobenzol bug‗lari va boshqa birikmalar 
bilan zaharlanganda gemoglobinning bir qismi metgemoglobin (HbOH)gacha 
oksidlanadi. Metgemoglobin ham kislorodni o‗pkadan to‗qimalarga tashish 
qobiliyatiga ega emasligi sababli kislorod yetishmaganligi tufayli organizmni 
o‗lim holatiga olib kelishi mumkin. Bunda ham o‗z vaqtida ko‗rsatilgan yordam 
orqali, yuqorida e‘tirof etilganidek, kasalni og‗ir holatdan chiqarish va o‗limning 
oldini olish mumkin bo‗ladi.
Shunday qilib, xulosa qilib aytganda, gemoglobinning funksiyasi kislorod va 
karbonat angidridni transport qilish va qon bufer hajmining doimiyligini 
ta‘minlashdan iboratdir. O‗pkada mavjud bo‗lgan O
2
ning gradiyenti tufayli u 
kapillarlar devori orqali plazmaga diffuziyalanadi va eritrotsitlarga o‗tadi. Arterial 
qon gemoglobini 96 %gacha O

bilan to‗yinadi. To‗qimalarda O

eritrotsitlardan 
plazma orqali hujayraaro suyuqlikka, keyin esa interstitsial (to‗qimaoraliq) 
suyuqlikka diffuziyalanadi, bir vaqtning o‗zida CO

qarama-qarshi yo‗nalish 
tomon diffuziyalanadi. 
Karbonat angidridning to‗qimalardan alviolar havo yo‗nalishigacha tashilishi 
qisman karbaminogemoglobin tarzida amalga oshadi. CO
2
ning asosiy qismi 
karboangidraza 
ta‘sirida 
gidratlanib, 
H
2
CO
3
ga 
aylanadi, 
keyin 

dissotsiatsiyalanadi. Umumiy karbonat angidridning 60 %ga yaqini vena plazmasi 
orqali, 32 %
karbamid-CO
2
va eritrotsitlarning HCO
3
-
si tarzida tashiladi. Lekin 
vena plazmasi bilan HCO
3

tarzida tashiladigan 60 % karbonat angidridning 
tashilishi ham bilvosita Hb yordamida amalga oshadi, chunki Hb funksional 
jihatdan HbO
2
ga nisbatan kuchsiz kislota bo‗lib, H
2
SO
3
ning dissotsiatsiyalanishida 
vodorodning akseptori sifatida xizmat qiladi. Gemoglobin funksional nuqtayi 
nazardan HbO
2
ga nisbatan kuchsiz kislota hisoblanadi. Bu ikki oqsil qonning bufer 
tizimini hosil qilib, uning pH ko‗rsatkichining doimiyligini ta‘minlaydi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin