Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Mas‘ul muharrir:
b.f.d., prof. 
Z.F. Ismoilov.
Taqrizchilar: M. Abdullaeva- 
M. Ulug‗bek nomidagi O‗zR Milliy universiteti
Biologik kimyo kafedrasi professori, b.f.d. 
Q. Davronov - 
M. Ulug‗bek nomidagi O‗zR Milliy universiteti
Botanika va o‗simliklar fiziologiyasi kafedrasi professori, b.f.d. 
 
Samarqand davlat universiteti kengashining 2021 yil 30 iyundagi 13-sonli 
garoriga asosan darslik sifatida nashrga tavsiya etilgan
ISBN 978-9943-6088-6-3 
© SamDU nashri, 2021
 



KIRISH 
 
Biologik kimyo – tirik organizmlarning tarkibi, ularda uchraydigan 
birikmalarning strukturasi, xossalari, lokalizatsiyasi, ularning hosil bo‗lish yo‗llari 
va qonuniyatlarini, almashinuvi mеxanizmlarini o‗rganuvchi fandir. Insoniyat 
uchun biokimyoning fan sifatidagi ahamiyatini baholash ancha mushkul bo‗lib, u 
tibbiyot, qishloq xo‗jaligi, biotexnologiya, genetik muhandislik va qator sanoat 
tarmoqlari, o‗rmon xo‗jaligining nazariy asoslaridan biri hisoblanadi. Jonajon 
respublikamizda mustaqillik yillarida va ayniqsa, hozirgi fan va texnikaning 
mislsiz darajada rivojlanish davrida xalq xo‗jaligining barcha jabhalari uchun 
yuqori malakali kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur darslik 
biolog mutaxassisligi bo‗yicha bakalavr akademik darajali kadrlar tayyorlash 
uchun mo‗ljallangan o‗quv manbayi bo‗lib, u ushbu fanga oid barcha zamonaviy 
materiallarni o‗zida mujassamlashtirgan. Darslik OTMga tegishli barcha hujjatlar 
talablariga, ya‘ni DTS va unga mos tarzda tuzilgan namunaviy dastur talablariga 
to‗liq javob beradi.
Biokimyoning rivojlanishini belgilovchi kashfiyotlarning mislsiz yangilanib 
borishi bilan bog‗liq bo‗lgan hozirgi kunda yaratilayotgan ushbu o‗quv manbayi 
zamon talabiga mos bo‗lishi lozim. Xususan, unda biokimyoning zamonaviy 
rivojlanishidagi ilmiy tadqiqotlarning natijalari, shuningdek, ushbu fanning 
rivojlanish istiqbollariga oid materiallar bayoni keltiriladi. Darslikda hayotiy 
jarayonlarning kimyoviy jihatlarini o‗rganishni molekulyar darajada amalga 
oshirishga, ya‘ni biokimyoni molekulyar biologiyaning yutuqlari negizida 
yoritishga harakat qilingan. Darhaqiqat, shuni alohida qayd etish lozimki, 
zamonaviy biokimyoni molekulyar biologiya asosidagi biokimyo deb atash o‗rinli 
bo‗ladi. Chunki biokimyo uchun ham, molekulyar biologiya uchun ham o‗rganish 
obyektlari bir xil bo‗lishi bilan birga, tadqiqot uchun qo‗llaniladigan fizikaviy
kimyoviy va biologik metodologiyalar ham bir xildir. Darslikda materiallar 
bayonida biokimyo va molekulyar biologiyaning o‗zaro bog‗liq bo‗lgan jihatlarini 
e‘tiborga olgan holda hayotiy jarayonlarning kimyoviy mexanizmlari yoritilgan. 
Unda bayon qilingan ―Hujayra, uning organellalari, makromolekulalari‖, ―Gen, 
uning strukturasi va funksiyasi‖, ―Oqsil biosintezi‖ va h.k. mavzular molekulyar 
biologiyaga ham taalluqli ekanligi bu fikrni to‗liq tasdiqlaydi. Darslikda hayotiy 
jarayonlarning kimyoviy va fizikaviy asoslarini har tomonlama izchil va ma‘lum 
darajadagi ketma-ketlikda bayon qilishga harakat qilingan. Materiallarning 
mazmunini bayoni mamlakatimizda va xorijda nashr etilgan zamonaviy ilmiy 
manbalar, monografiyalarga tayangan bo‗lib, unda fanga oid eng so‗nggi 
ma‘lumotlar qatori biokimyoning yutuqlari va rivojlanish istiqbollari ochib 
berilgan. Darslikning o‗ziga xosligi shundaki, unda o‗quv materiallari hayotiy 



jarayonlarga xos kimyoviy jihatlarining bayoni qiyosiy-evolyutsion nuqtayi 
nazardan amalga oshirilgan va bakteriyalar, zamburug‗lar, o‗simliklar, hayvonlar 
hamda odamlarda kechadigan biokimyoviy jarayonlarning umumiylik va farqli 
jihatlari ilmiy asosda yoritib berilgan. Shuningdek, bo‗lajak biolog-bakalavr uchun 
muhim jabha, ya‘ni ekologik vaziyat o‗zgarishlarining biokimyoviy jarayonlarga 
ta‘siriga oid masalalar va ajratib olingan ayrim birikmalardan hamda, umuman, 
biokimyoviy jarayonlardan amaliyotda foydalanish imkoniyatlari bayon qilingan. 
Kitob hayotiy jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslarini o‗rganishga qiziqqan 
kishilarga, eng avvalo, biokimyo, tibbiyot, qishloq xo‗jaligi va xalq xo‗jaligining 
boshqa sohalari mutaxassislari uchun ham foydali bo‗lishi mumkin. Shu sababli 
ushbu darslikni universitet va pedagogika institutlarining biolog-bakalavrlaridan 
tashqari, meditsina, qishloq xo‗jaligi, farmatsevtika va boshqa sohalarga tegishli 
oliy o‗quv yurtlari talabalari va magistrlariga tavsiya qilish mumkin.
Biokimyoda materiallarni bayon qilishni qulaylashtirish maqsadida 
qisqartirilgan atamalardan foydalanildi. Ularning ayrimlari quyida keltirilgan: 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin