Biokimyo va molekulyar biologiya


 Biokimyoning zamonaviy yo‗nalishlari va rivojlanish istiqbollari



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
1.4. Biokimyoning zamonaviy yo‗nalishlari va rivojlanish istiqbollari. 
Biokimyoning insoniyat uchun fan sifatidagi ahamiyati, uning tibbiyot, 
qishloq xo‗jaligi, chorvachilik, biotexnologiya, gen muhandisligi va qator sanoat 
sohalari, o‗rmon xo‗jaligi kabilarning nazariy asoslaridan biri ekanligi bilan 
belgilanadi. Insonning ko‗plab patologik holatlarini kelib chiqishini asosiy sababi 
ayrim biokimyoviy jarayonlarning izdan chiqishi bilan bog‗liqdir. Masalan, irsiy 
nuqsonlar tufayli ferment tizimlarining izdan chiqishi bilan bog‗liq bo‗lgan yuzdan 
ziyod kasalliklarning borligi aniqlangan. Ba‘zi kasalliklarning kelib chiqishi yuqori 
molekulyar birikmalarning kimyoviy tarkibini o‗zgarishlari bilan tavsiflanadi. 
Xususan, bunday ―molekulyar nuqsonlar‖larning mavjudligini gemoglobin va 
polisaxaridlar bo‗yicha aniqlangan. Shu nuqtayi nazardan fikr yuritilganda aytish 
o‗rinliki, patologiyaning molekulyar asoslarini chuqur bilmasdan turib kasallikka 


11 
na diagnoz qo‗yish, na davolash va na ularning oldini olish mumkin bo‗lmaydi. 
Bundan tashqari, biokimyoning yutuqlari kasalliklarni davolashda qo‗llaniladigan
yangi dorilarni yaratish strategiyasini belgilaydi. Shuningdek, ayrim kasalliklarni 
davolashda fermentlarning keng qo‗llanilishi fanni chuqur o‗rganishga katta 
qiziqish uyg‗otadi. 
Biokimyoviy jarayonlar va ko‗rsatkichlar oziq-ovqat sanoatidagi xilma-xil 
texnologiyalar: non pishirish, pishloq, vino, pivo tayyorlash, choy, yog‗ va moy 
ishlab chiqarish, sut, go‗sht va baliqni qayta ishlash, meva va sabzavotlarlarga 
ishlov berish, kraxmal va shinni ishlab chiqarish kabilarning asosidir. Teri 
mahsulotlari ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli tashkil etish, mo‗ynali buyumlar 
ishlab chiqarish va tabiiy ipakni qayta ishlash bilan bog‗liq sanoat tarmoqlari ham 
biokimyoviy bilimlarni chuqur bilishni talab qiladi. Hozirgi kunda fermentlar
vitaminlar, gormonlar, antibiotiklar va boshqa biologik faol birikmalar, organik 
kislotalar va ozuqa oqsillarini ishlab chiqarish kabi biokimyoviy sohalar ham 
tobora kengayib bormoqda. Faqat qishloq xo‗jalik hayvonlari va dehqonchilik 
amaliyotida o‗stiriladigan madaniy o‗simliklar organizmida sodir bo‗ladigan 
moddalar almashinuvi qonuniyatlarini chuqur o‗rganish orqaligina chorvachilik va 
o‗simlikshunoslikdan olinadigan mahsulotlarning miqdor va sifat ko‗rsatkichlari 
yuqori bo‗lishiga erishish mumkin.
Ushbu fan erishgan yutuqlardan qishloq xo‗jaligida foydalanish samaralar 
garovi hisoblanadi. Chunki turli xil kimyoviy preparatlardan, masalan: gerbisidlar, 
fungisitlar, ozuqa uchun kerakli vitaminlar, oqsillar, antibiotiklar, defoliantlar 
(barglarning to‗kilishiga olib keladigan moddalar), insektisidlar (hasharotlarni 
o‗ldiradigan), repellentlar (zararkli hasharotlarni qo‗rqituvchi) va boshqalardan 
foydalanish 
imkoniyatlarini 
yaratadi. 
Yuqorida 
keltirilgan 
ma‘lumotlar 
biokimyoning insoniyat uchun katta ahamiyatga ega ekanligini va dunyoning 
barcha mamlakatlarida ushbu fanga qiziqishni tobora kuchayib borayotganini 
ko‗rsatadi. 
Yaqin kelajakda biologik kimyo, uning rivojlanish yo‗nalishlari quyidagi 
imkoyatlarning yechimini topilishiga qodir bo‗ladi:
- genetik va hujayra muhandisligi usullarini ishlab chiqish; 

o‗simliklarning yangi turlarini, hayvonlarning yangi zotlarini, 
mikroorganizmlarning shtammlarini olish; 
- irsiy kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olishning yangi usullarini 
ishlab chiqish; 
- yangi katalizatorlarni ishlab chiqish va joriy etish; 
- hujayraning biologik faol molekulalari tuzilishi va funksiyasini o‗rganish; 
- immunologiyaning molekulyar asoslarini o‗rganish; 


12 

odamlar 
va 
hayvonlar 
kasalliklarini 
keltirib 
chiqaruvchi 
mikroorganizmlarning genetik jihatlarini o‗rganish va bu kasalliklarga diagnoz 
qo‗yish, davolash va oldini olish usullari va vositalarini yaratish; 
- kanserogenez, onkogenlar va onkoproteinlarning tabiati, molekulyar 
biologik mexanizmlarini o‗rganish, ular asosida allergiya va saratonga o‗xshash 
kasalliklarni davolash uchun dori-darmonlarni yaratish; 
- bioenergetika, ovqatlanish, psixika, shuningdek, xotira va miya faoliyatining 
molekulyar asoslarini o‗rganish. 
Yuqorida keltirilgan asosiy g‗oyalar negizida, biokimyoning ufqlari, 
shuningdek, uning yaqin va uzoq istiqbolda rivojlanishini ta‘kidlash mumkin 
bo‗ladi, ular jumlasiga: 
1. 
Yuqori 
taraqqiy 
etgan 
organizm 
(eukariot)lar 
hujayralarining 
differensiatsiyasi. 
2. Genomlarning tuzilishi va faoliyat mexanizmi. 
3. Fermentlarning ta‘sir etishini boshqarilish mexanizmlari va fermentativ 
kataliz nazariyasi. 
4. Molekulyar darajada ―tanish‖ jarayonlari mexanizmlari. 
5. Odamning somatik va irsiy kasalliklarining molekulyar asoslari. 
6. Xatarli o‗sish jarayonining molekulyar asoslari. 
7. Immunitetning molekulyar asoslari. 
8. Samarali ovqatlanish asoslari. 
9. Xotiraning molekulyar mexanizmlari. 
10. Oqsillar biosintezi. 
11. Biologik membranalar va bioenergetika asoslari. 
12. Nerv qo‗zg‗alishi, mushaklarning qisqarishi, ko‗rish jarayoni va 
moddalarning 
membranalar 
orqali 
o‗tishi kabi fiziologik-biokimyoviy 
hodisalarning molekulyar asoslari. 
Biologik kimyoning asosiy maqsad va vazifasi fundamental, umumiy biologik 
masalalarni, jumladan, insonning ekotizimga bog‗liqligini tushinibgina qolmay, 
balki uni himoyalash, tabiatdan oqilona foydalanish muammolarini molekulyar 
darajada hal qilishni o‗z ichiga oladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin