Sana : Sinf : 5 Fan : Adabiyot Mavzu : O’tkir Hoshimovning “ Dunyoning ishlari ” asari Maqsad



Yüklə 51 Kb.
səhifə1/2
tarix06.11.2022
ölçüsü51 Kb.
#67593
  1   2
O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari mavzusida 5-sinf


Sana :
Sinf : 5
Fan : Adabiyot
Mavzu : O’tkir Hoshimovning “ Dunyoning ishlari ” asari
Maqsad :
a) O’tkir Hoshimovning “ Dunyoning ishlari ” asari haqida umumiy
ma’lumot berish
b) Asar orqali o’quvchilarni ota – onani ulug’lashga , Vatanni
sevishga , mehr – oqibatli bo’lishga , ahil – inoq umr kechirishga
o’rgatish .
s) O’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini
shakllantirish
Dars tipi : Umumlashtiruvchi bilim berish
Dars usuli : Savol - javob , “ Beshinchisi ortiqcha ” , “ G’ildiraklar
texnologiyasi ” , “ To’g’ri joylashtir ” usulllari
Dars jihozi : Adib portreti , “ Dunyoning ishlari , Daftar hoshiyasidagi
bitiklar , o’zbeklar kitoblari , tarqatma materillar
Darsning borishi :

  1. tashkiliy qism

  2. O’tilgan mavzular yuzasidan savol - javob

  3. Darsni umumlashtirish uchun 4 ta usulni amalda qo’llash

  4. Mustahkamlsh

  5. Uyga vazifa

Mavzu bayoni
O’tkir Hoshimovning hayoti va ijodi “ Dunyoning ishlari ” asarini o’rganish uchun 3 soat berilgan bo’lib o’tilgan 2 soatda o’quvchilar qisman ma’lumotlarga ega holda 3 – soatda ularning hammasi umumlashtirilib ochiq dars sifatida o’quvchilar bilim , ko’nikma , malakalari mustahkamlanadi .
Tashkiliy qismdan so’ng O’tkir Hoshimov hayoti va ijodi bo’yicha savol - javob o’tkaziladi .
Savollar

  1. O’tkir Hoshimov qachon va qayerda tug’ilgan ?

  2. Dastlabki qissasining nomi nima ?

  3. Qaysi qissasida adib Abdulla Qahhor yuqori baho bergan ?

  4. Nechanchi sinfda o’qiyotgan paytidan she’rlar mashq qilgan ?

  5. Uning qanday hikoyalari bor ?

  6. Qanday romanlar yozgan ?

  7. Qaysi qissalari respublikamiz va xorijda sevib o’qilmoqda ?

  8. Qaysi drammalari mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan ?

  9. “ Dunyoning ishlari ” qissasi nima haqda yozilgan ?

10.Qaysi adib ushbu asarni “ dostondek o’qiladi ” deb aytgan ?
Shundan so’ng o’quvchilar bilan individual ishlash mqsadida ularning har biriga quyidagi tarqatmani berib chiqaman . Bu usul “ Beshinchisi ortiqcha ” deb ataladi . Bunda o’quvchilar O’. Hoshimov asarlarini qanday o’rganganliklari sinab ko’riladi .

  1. “ Urushning so’nggi qurboni ” , “ Muhabbat ” , “Alla ” , “Dorboz ” , “ Haqqush ”

  2. “ Alla ” , “ Mitti yulduz ” , “ Haqqush ” , “ Qarz ” , “ Gilam paypoq ”

  3. “ Gilam paypoq ” , “”Iltijo , “ Shudring ” , “Haqqush ” , “ Alla”

  4. “ Qishlog’im ” , “Oq – oydin kechalar ” , “ Tush ” , “ OLtin baldoq ” , “ Alla ”

  5. “Alla” , “Haqqush ” , “ ILtijo ” “ Qarz” , “ Mening o’g’rigina bolam ”

Tarqatmani o’qib qaysilari O’kir Hoshimov qalamiga mansubligini , qaysilarining mualliflari boshqa ekanligini izohlashadi . Buning uchun 3 daqiqa beriladi .
O’tkir Hoshimovning “ Dunyoning ishlari ” qissasi eng ezgu , eng samimiy tuyg’ular haqida haqida , eng e’zozli zot ona to’g’risidagi asardir .
Ona insonga hayot beradi , yuvib – taraydi , tarbiyalaydi . Ona o’z farzandi uchun hamma narsaga hatto jonini qurbon qilishga ham tayyor . Shuning uchun bo’lsa kerak , ona haqida behisob she’rlar to’qilgan , dostonlar katta- katta asarlar bitilgan . Kichik maqollardan tortib , muborak hadislarimizga ona madh etiladi , e’zozlanadi .
O’quvchilar onani madh etuvchi she’rlar , maqol, rivoyatlardan aytishadi . O’qituvchi Normurod Narzullayevning “ Onajon ” she’rini o’quvchilarga yod aytib beradi .

Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin