Biokimyo va molekulyar biologiya


 Hujayraning kimyoviy tarkibi. Hujayra organellalari va



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

2.2. Hujayraning kimyoviy tarkibi. Hujayra organellalari va 
 ularning biokimyoviy tavsifi 
Tirik organizmlar tarkibida tirik organizmlarning mutlaq o‗ziga xos bo‗lgan 
va jonsiz tabiatda uchramaydigan bironta kimyoviy element mavjud emas. Hozirgi 
kunda tirik organizmlar tarkibida D.I.Mendeleyevning davriy jadvalidagi jami 112 
ta kimyoviy elementlardan 70 dan ortig‗i uchrashi aniqlangan, ulardan 20 ga yaqini 
barcha turdagi organizmlarda uchraydi. Yer sharidagi tirik organizmlar tarkibidagi 


16 
moddalar miqdorini aniq o‗lchashning imkoniyati yo‗q. Shunga qaramay, bu 
ko‗rsatkichni turli xil mualliflarning fikriga ko‗ra, u 10
13
tonnadan 10
14
tonnagacha 
bo‗lgan miqdorni tashkil qiladi deb taxmin qilinadi. 
K.A.Timiryazev biologik muammolarni yechish uchun faqat eksperimental 
usulning o‗zi yetarli emasligini, uning yechimini topish uchun tarixiy usuldan ham 
foydalanish kerakligini ta‘kidlagan. Aynan shu dialektik pozitsiyada bo‗lgan 
taniqli rus olimi, geokimyo fanining asoschilaridan biri ‒ V.I.Vernadskiy (1863-
1945) biosferaning tuzilishi haqida fikr yuritdi. U o‗zining mashhur ―Biosfera‖ 
kitobida (1926) hayot Yer yuzida tasodifiy hodisa emasligini, u Yer qobig‗ining 
tuzilishi bilan chambarchas bog‗liq ekanligini asoslab berdi.
Vernadskiyning fikriga ko‗ra, Yer qobig‗ida doimiy ravishda sodir bo‗ladigan 
geokimyoviy jarayonlar va tirik materiyaning kimyoviy elementar tarkibi 
evolyutsiyasi o‗zaro bir-biriga bog‗liq bo‗lgan jarayondir. Yerda hayotning 
rivojlanishi tobora ko‗proq kimyoviy elementlarni hayotiy jarayonlarga jalb 
qilinishiga olib keldi.
Qator avlodlarning hayoti davomida ko‗p elementlar metabolizmda ishtirok 
etib borishi natijasida tirik organizmlarning asosiy tarkibiy komponentlariga 
aylanib, ularning organizm uchun zaruriy ekanligi irsiy jihatdan mustahkamlandi. 
O‗z navbatida, tirik organizmlar Yer qobig‗ining kimyoviy tarkibiga jiddiy ta‘sir 
ko‗rsatadi, ular o‗rtasida doimo o‗zaro ta‘sirlanish va o‗zaro bog‗liqlik jihatlari 
mavjud. 
Biroq bu o‗zaro ta‘sir munosabatlari miqdoriy jihatdan to‗g‗ri proporsional 
nisbatga ega emas. Shunday qilib, noorganik tabiatda ko‗p hollarda erimaydigan 
birikmalar (Si, Fe, Al) keng tarqalgan bo‗lsa, tirik organizmlarda bu elementlar 
juda kam miqdorda uchraydi. Shu bilan birga, biosferaning asosiy qismi oson 
eriydigan va gazsimon birikmalarni (C, N, P, S) tashkil etadigan elementlardan 
iborat, ammo ularning Yer qobig‗idagi miqdori nisbatan kamdir. Ushbu 
elementlarning yaxshi eruvchanligi shubhasiz, ularning organizmga kirishini 
osonlashtiradi, shuningdek, metabolitik jarayonlarda faol ishtirokini ta‘minlaydi. 
V.I.Vernadskiy biosferaning kimyoviy elementlarini tirik organizmlar tarkibiga 
miqdoriy ko‗rsatkichiga qarab ―dekada‖larga bo‗lishni taklif qildi (1-jadval). 
 
1-jadval. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin