Biokimyo va molekulyar biologiya


 Moddalar almashinuvi tirik materiyaning eng muhim xususiyati sifatida



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
2.4. Moddalar almashinuvi tirik materiyaning eng muhim xususiyati sifatida. 
Makromolekulalar va ularning qisqacha tavsifi. 
Tirik hujayradagi moddalar almashinuvi (metabolizmi), asosan, ikki xil: 
katabolik va anabolik reaksiya oqimlaridan tashkil topgan. 
Katabolitik yo‗l
(katabolizm) degradatsiya, dissimilyatsiya jarayonlaridan tashkil topadi. Bunga 
turli xil parchalanish (gidroliz, fosforoliz) va oksidlanish reaksiyalari kiradi. Yirik 
organik molekulalar oddiy moddalarga parchalanib, bir vaqtning o‗zida ular 
tarkibidagi erkin energiya ajraladi. Energiya tanada ATF va boshqa qator 
birikmalar shaklida saqlanadi va keyinchalik hayotiy jarayonlar uchun sarflanadi.
Anabolitik yo‗l 
(anabolizm) ‒ sintez, assimilyatsiya jarayonlarini o‗z ichiga 
oladi. Bunda nisbatan oddiy molekulalardan murakkab organik birikmalar hosil 
bo‗ladi. Ko‗pincha qaytarilish reaksiyalarini o‗z ichiga oladi va energiya sarfi 
orqali amalga oshadi. Katabolizm va anabolizm fermentlarini hujayradagi 
lokalizatsiyasini turli-tumanligi tufayli bu qarama-qarshi metabolik jarayonlar bir 
vaqtning o‗zida sodir bo‗ladi. Anabolizm va katabolizm o‗rtasidagi o‗zaro 
bog‗lanish munosabatlari uch xil darajada namoyon bo‗ladi: 
1. Uglevod manbalari darajasida: katabolizm mahsulotlari anabolitik 
reaksiyalarning dastlabki substratlari bo‗lishi mumkin. 
2. Energiya darajasida: katabolizm jarayonida ATF va boshqa makroergik 
birikmalarni hosil qiladi, ularning sarflanishi orqali anabolitik jarayonlar sodir 
bo‗ladi. 
3. Qaytariluvchi ekvivalentlar darajasida: katabolizm reaksiyalari, asosan, 
oksidlanish jarayoni hisoblanadi; anabolizm jarayonlari, aksincha, qaytaruvchi 
ekvivalentlarni o‗zlashtirish asosida yuz beradi. 
Kimyoviy nuqtayi nazardan, 
metabolizm
ko‗psonli xilma-xil reaksiyalar: 
oksidlanish, qaytarilish, parchalanish, molekulalarning birikishi, guruhlarning 
molekulalararo ko‗chirilishi va boshqalarning yig‗indisidir.
Makromolekulalar 2-jadvalda keltirilgan yuqori molekulyar og‗irlikdagi 
birikmalarni o‗z ichiga oladi. Ularning hammasi biopolimerlardir va agar oqsillar 


22 
20 xil proteinogen aminokislotalarning biopolimerlari bo‗lsa, nuklein kislotalar 5 
xil azotli asoslardan ‒ lipidlar glitserin va yuqori molekulyar kislotalardan
polisaxaridlar 
monosaxaridlardan 
tashkil 
topgan 
biopolimerlardir. 
Tirik 
organizmda makromolekulalarning holati doimiy ravishda o‗zgarib turadi. Bu 
yerda konsentratsiyaning o‗zgarishini ―aniqlaydigan‖ nozik mexanizmlar mavjud, 
uning u yoki bu tomonga qarab siljishi kompensatsiyalanadi va darhol ularni 
me‘yor darajaga qaytariladi. Ochiq tizimlarda statsionar holatning o‗zgarishi, qayta 
tiklanishga oid jarayonlarni keltirib chiqaradi va dinamik barqarorlashgan dastlabki 
statsionar holatga erishilgandan keyin uni saqlashga qaratilgan jarayonlar 
rivojlanadi. Shunday qilib, tirik organizmning biokimyoviy ko‗rsatkichlarining 
nisbiy doimiyligi statik, passiv ravishda sodir bo‗lmasdan, balki faol dinamik 
tarzda yuz beradigan jarayon hisoblanadi.
Tirik organizmga atrof-muhitdan doimiy ravishda moddalar kirib turadi, ular 
o‗zlashtiriladi, ulardan organizmning komponentlariga aylanadi va shu bilan birga, 
asta-sekin 
organizmning 
o‗zidagi 
molekulalar 
―qariydi‖, 
katabolizm-
dissimilyatsiya reaksiyalari yuz beradi va parchalanish mahsulotlari organizmni 
tark etadi. 
Bu reaksiyalarning barchasi organizmning genetik apparati nazoratida bo‗ladi, 
shuning uchun yangidan hosil bo‗lgan moddalar irsiy belgilarga mos keladi. 
Barcha tana oqsillarining yarmi 80 kun ichida va undagi suv esa 30 kun ichida 
to‗liq yangilanishi nishonlangan atomlar uslubi yordamida aniqlangan. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin