4.2.Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan usullarning guruhlari
4.3.Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan an’anaviy asosiy usullarning tavsifi.
1.Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan omillarning tavsifi Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatida sodir bo’lgan va bo’layotgan iqtisodiy jarayonlar va hodisalar o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi, u qandaydir omillar tasiri ostida yuzaga keladi.
Omillar deganda nima tushuniladi? Omillar deganda natijaning paydo bo’lishi va uning o’zgarishiga sababchi bo’luvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar majmuasi tushuniladi.Masalan,ishlab chiqarilgan paxta yalpi hosilining o’zgarishini (ko’payishini yoki kamayishini)olaylik.Bu o’zgarish paxta maydoni bilan hosildorlikning o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Demak., paxta maydoni bilan hosildorlik omillar bo’lib hisoblanadi.
Omillar o’z navbatida miqdoriy va sifatiy omillarga bo’linadi. Miqdoriy omillar deganda ekstensiv omillar tushuniladi. Sifatiy omillar deganda intensiv omillar tushuniladi.
Ekstensiv omillar deganda nima tushuniladi?Ekstensiv omillar deganda natija o’zgarishiga tasir qiluvchi miqdoriy omillar tushuniladi.Bularga kuyidagilarni misol qilib ko’rsatish mumkin: xodimlar sonining o’zgarishi, maydon o’lchamining o’zgarishi,chorva mollari sonining o’zgarishi,asosiy fondlar hajmining o’zgarishi va boshqalar.