2-LABORATORIYA Mavzu: EKOLOGIK OMILLAR. YORUG’LIK, NAMLIK VA HARORAT Reja: 1. Ekologik omillarning turlari 2. Omillarning tirik organizmlarga ta’siri natijasida organizmlarning moslashishlarini o’rganish 3. Ekologik guruhlarini aniqlash. Ishning maqsadi: Ekologik omillarning turlari va ularning tirik organizmlarga ta’siri natijasida organizmlarning moslashishlarini o’rganish hamda ekologik guruhlarini aniqlash.
Kerakli material va jihozlar:Turli guruhlarga xos o’simliklar rasmlari, o’simlik gerbariylari, ma’ruza matni, chizg’ich, lupa, mavzuga oid sxemalar.
Nazariy material. ekologik omillar klassifikatsiyasi. Tabiiy muhitda uchraydigan har xil omillarni 3 ta asosiy ekologik guruhga taqsimlash mumkin: 1. Abiotik 2. Biotik 3. Antropogen omillar guruhi.
1. Abiotik omillar - organizmlarga ta’sir qiladigan neorganik muhitning majmua omillaridir. Bu omillarni kimyoviy (atmosferaning tarkibi, suvning sho’rligi, tuproqning tarkibi, loyqaning kimyoviy tarkibi), fizikaviy yoki iqlim (harorat, bosim, yorug’lik, namlik, shamol) omillariga bo’lish mumkin. Yer yuzasining tuzilishi (relef), geologik va iqlim abiotik omillarining xilma-xilligi tirik organizmlarning tarixiy rivojlanishi, muhitga moslashishida katta ahamiyatga ega bo’ladi.
2. Biotik omillar- muhitda uchraydigan organizmlarning hayot-faoliyati, bir-birlariga qiladigan ta’siri va ular o’rtasidagi munosabatlaridan iborat. Ya’ni bir tirik organizmga, uni o’rab turgan boshqa tirik jonzotlarning har xil ta’siri tushuniladi. Bu ta’sir turli xarakterda bo’lishi mumkin. Masalan: 1. Tirik organizmlar bir-birlariga ozuqa manbai (o’simliklar turli hayvonlarga ozuqa, yem-xashak, ba’zi hayvonlar yirtqich hayvonlarga ozuqa); 2). Bir tirik organizm tanasi boshqa organizmga (xo’jayin-parazit:sigir, ot, it, tanasi kana, bakteriyalarga, katta daraxtlar moxlar va boshqa epifit o’simliklarga 3). Bir organizm ikkinchi organizmning ko’payishiga sabab bo’lishi; 4). Turli organizmlarning boshqa organizmlar yordamida tarqalishi; 5). Bir turning ikkinchi turga fizikaviy va kimyoviy ta’sir qilishi