1. Ekologik omillarning turlari Omillarning tirik organizmlarga ta’siri natijasida organizmlarning moslashishlarini o’rganish


O’simliklarni namlik sharoitlariga moslashishlari



Yüklə 32,97 Kb.
səhifə4/6
tarix13.07.2023
ölçüsü32,97 Kb.
#136479
1   2   3   4   5   6
2-L

O’simliklarni namlik sharoitlariga moslashishlari


Organizmlarning suvga bo’lgan talabi, har xil namlik sharoitlarda yashashi hamda moslashishlariga ko’ra to’rt asosiy guruhga ajratiladi: 1. Suvda yashovchi (o’simliklar-gidrofitlar, hayvonlar-gidrofillar). 2. Ortiqcha namlikda yashovchilar (gidrofitlar, gigrofitlar). 3. O’rtacha namlikda yashovchi (mezofitlar, mezofillar). 4. Qurg’oqchil sharoitda yashovchilar (kserofitlar, kserofillar).
Barcha o’simliklar suv bilan ta’minlanishi yoki namlik sharoitiga moslanishiga ko’ra 5 ta ekologik guruhga ajratiladi: gidatofitlar, gidrofitlar, gigrofitlar, mezofitlar, kserofitlar.
Gidatofitlar – hayoti doimo suvda o’tuvchi bu guruhga asosan suv o’tlar kiradi.
Gidrofitlar – tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi suv qatlamida joylashgan o’simliklardir. Suv nilufarlari, g’ichchak, nayzabarg, o’qbarg va boshqalar shular jumlasidandir.
Gigrofitlar – tuproqda ortiqcha miqdorda namlik yoki suv bo’lgan sharoitda yashovchi o’simliklardir. Ular daryo va ko’l bo’ylari, botqoqliklarda, sernam o’rmonlar va boshqa joylarda o’sadigan o’simliklardir.
Mezofitlar – o’rtacha namlik sharoitida yashovchi o’simliklar bo’lib, ularga ko’pchilik madaniy va yovvoyi holdagi o’simliklar kiradi.
Kserofitlar – qurg’oqchil sharoitda yashashga moslashgan o’simliklardir. Dasht, cho’l va chala cho’l zonalarida keng tarqalgan bu o’simliklar o’z navbatida 2 guruhga ajratiladi: sklerofitlar va sukkulentlar. Sklerofitlar O’rta Osiyo cho’llarida uchrasa, sukkulentlar – tanasida suv saqlovchi kaktuslar hisoblanadi.

Namlikka nisbatan organizmlarda fiziologik moslanishlar


Organizmlar

Moslanishlar

Hashoratlarda (qo’ng’iz, xonqizi, chumoli)

Ayiruv organi (malpigi naychalari)ning bir uchi ichau orqa devorlariga tutashgan, suv so’rilishi orqali organizm tomonidan qayta sarflanadi (reabsorbtsiya)

Asalari, kapalak va pashshalarda

Suyuq ozuqa bilan oziqlanadi, tashqariga siydik orqali ortiqcha tuzlar, mochevina chiqariladi

Sudralib yuruvchilar (toshbaqa), qushlar

Yaxshi erimagan siydik kislotasini tashqariga chiqaradi

O’rgimchaklar

Guanin moddasini chiqaradi

Gidrobiontlar – lixetlar, mishankalar, astsidits, mideyalar qisqichbaqasimonlar

Suvni filtrlaydi- 1 sutkada 150-280 m3 suvni tindiradi va tozalaydi

Poykilokserofitlar, suvo’tlari, moxlar, lishayniklar

Qurg’oqchil davrlarda qurib qolib, anabioz holatiga o’tadilar, yog’ingarchilik paytida yana holatini
Tiklaydi

Galopogos orollaridagi toshbaqalar, Avstraliya cho’llaridagi qurbaqalar

Suvni siydik qopida jamg’arma holida saqlaydi

Yumronqoziq kabilar

Qurg’oqchilda uyani chuqur kovlaydi, tanasida jamg’argan yog’ hisobiga yozgi uyquga ketadi

Tuyalar

To’plagan yog’ miqdorini metabolitik parchalaydi

Umurtqasiz hayvonlar

Qurg’oqchil davrda tsista yoki qalin po’stli spora holatiga o’tadi




Yüklə 32,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin