1. Ekologik omillarning turlari Omillarning tirik organizmlarga ta’siri natijasida organizmlarning moslashishlarini o’rganish


O’simliklarni yorug’likka bo’lgan munosabatiga ko’ra uch guruhga ajratish mumkin



Yüklə 32,97 Kb.
səhifə3/6
tarix13.07.2023
ölçüsü32,97 Kb.
#136479
1   2   3   4   5   6
2-L

O’simliklarni yorug’likka bo’lgan munosabatiga ko’ra uch guruhga ajratish mumkin:
1. Yorug’sevar (geliofit) o’simliklar. Ular yorug’lik yetarli bo’lgandagina normal o’sishi va rivojlanishi mumkin. Bunday o’simliklarga dasht, cho’l zonalaridagi o’simliklar, o’tloqzorlardagi qo’ng’irboshdoshlar va boshqa ba’zi turlar, o’rmon o’simliklar jamoasining birinchi qatlamini tashkil etuvchi baland bo’yli daraxtlar, O’rta Osiyo sharoitidagi qisqa vegetatsiya qiluvchi ko’p yillik o’t o’simliklarining efemeroid tipidagi hayot shakllari va boshqalar kiradi.
2. Soyasevar (stsiofitlar) o’simliklar. Ular kuchsiz yorug’lik tushayotgan joylarda o’suvchi o’simliklardir. Bularga o’simliklar qoplamining pastki qatlamlarida o’suvchi turlar, moxlar, plaunlar, paporotniklar, yong’oqzorlar ostida o’suvchi yovvoyi xina, tog’ gunafsha kabilarni ko’rsatish mumkin. Yorug’sevar va soyasevar o’simliklar morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan bir-birlaridan farqlanadi.
3. Soyaga chidamli yoki fakultativ geliofit o’simliklar. Ularning ko’pchiligi yorug’sevar hisoblansada, yorug’lik uncha yetarli bo’lmaganda ham, ortiqcha yorug’likda ham normal o’sib rivojlanadigan turlardir. Ularga qo’ng’irbosh, qulupnay, arg’uvon va boshqalarni kiritish mumkin.

O’simliklarning harorat omiliga qarab ekologik guruhlarga ajralishi


Barcha o’simliklarni haroratga bo’lgan munosabatiga ko’ra ikkita ekologik guruhga ajratish mumkin: yuqori harorat ta’sirida yaxshi o’sib rivojlanadigan termofil o’simliklar va past harorat ta’sirida yashovchi psixrofil o’simliklar. Har ikki guruhga mansub o’simlik turlari o’ziga xos moslanish xususiyatlariga ega. Termofil o’simliklar hujayrasi issiqlikka chidamliligi, organlar yuzasining kichrayishi, tuklarning yaxshi rivojlanganligi, efir moylariga ega bo’lishi, o’zidan ortiqcha tuzlarni ajratib chiqarishi, uzoq muddat davomida tinim davrini o’tkazishi va boshqa xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Psixrofil o’simliklar sovuq sharoitni har xil holatlarda (ya’ni tinim yoki vegetatsiya davrida) anotomo-morfologik moslanish orqali o’tkazadi. Bunday moslanishlarga poyasining yer bag’irlab o’sishi, novdaning yotiq yo’nalishi, to’planish bo’g’imi va ildiz bo’ynining yer ostida joylanishi, hazonrezgilik, po’kak qavatning yaxshi rivojlanishi, oq tanaga ega bo’lish kabilarni ko’rsatish mumkin.

Yüklə 32,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin