Ekonometrik iqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 412,35 Kb.
səhifə3/5
tarix19.04.2023
ölçüsü412,35 Kb.
#100693
1   2   3   4   5
BOBUR EKONAMETRIKA

Farqlash usuli. Farqlash usuli o’rganilayotgan jarayonlar orasidagi bog’liqlik funksional bo’lgan taqdirda qo’llaniladi. Farqlash usulining mohiyati shundaki, natija ko’rsatkichiga omillar ta’sirini aniqlash uchun ta’siri aniqlanayotgan omillar orasidagi farqni qolgan omillarning joylashish tartibiga qarab asos yoki hisobot davridagi miqdoriga ko’paytiriladi.
O’rganilayotgan jarayonning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar miqdoriy va sifatiy omillarga bo’linadi.
Natijaning o’zgarishiga miqdoriy omilning ta’sirini aniqlash uchun hisobot va bazis davridagi miqdor omillari orasidagi farqni bazis davridagi sifat omiliga ko’paytiriladi.
Natijaning o’zgarishiga sifatiy omilning ta’sirini aniqlash uchun hisobot va bazis davridagi sifat omillari orasidagi farqni hisobot davridagi miqdor omiliga ko’paytiriladi.
Buni ish haqi fondining o’zgarishida ko’rib chiqamiz:

Bunda T0, T1 – mos holda bazis va hisobot yillaridagi xodimlar soni;
P0, P1- mos holda bazis va hisobot yillaridagi 1 xodimning o’rtacha ish haqi summasi;
hisobot davridagi jami ish haqi fondi hajmi; bazis davridagi jami ish haqi fondi hajmi
Ish haqi fondining o’zgarishi quyidagi ikki omil hisobiga sodir bo’lgan:
1.Xodimlar sonining o’zgarishi hisobiga, ya’ni miqdoriy omilning o’zgarishi hisobiga (T1-T0)
2.O’rtacha bir xodimning ish haqi darajasining o’zgarishi hisobiga, ya’ni sifatiy omilning o’zgarishi hisobiga (P1 - P0 )
Ish haqi fondining o’zgarishiga miqdoriy omilning ta’sirini aniqlash:

Ish haqi fondini o’zgarishiga sifatiy omilning ta’sirini aniqlash:

Ish haqi fondining o’zgarishiga bir necha miqdoriy va bir necha sifatiy omillar ta’sir qilgan taqdirda ham yuqoridagi qoidaga amal qilib, ularning ketma-ketlik joylashashi bo’yicha ta’siri aniqlanadi.
Qayta hisoblash usuli. Ushbu usul ham iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi ko’rsatkichlar orasidagi bog’liqlik funksional bo’lgan taqdirda qo’llaniladi.
Natija o’zgarishiga bevosita ikki omil ta’sir qilgan taqdirda, ularni ta’sirini aniqlashda uchun ushbu usul ishlatiladi.Ushbu usulning mohiyati, natijaviy ko’rsatkichni qayta hisoblab olib, uni bazis va hisobot davridagi natijaviy ko’rsatkichlar bilan solishtirish orqali omillar ta’sirini aniqlashdan iborat. Qayta hisoblangan natijaviy ko’rsatkich (shartli natijaviy ko’rsatkich) hajmi hisobot yilidagi miqdoriy omil bilan bazis davridagi (yoki rejadagi) sifatiy omil ko’paytmasining yig’indisiga teng bo’ladi.
Shartli natijaviy ko’rsatkich bilan bazis davridagi natijaviy ko’rsatkich orasidagi farq miqdoriy omilning natijaviy ko’rsatkichning o’zgarishiga ta’sirini ko’rsatadi.
Hisobot davridagi natijaviy ko’rsatkich bilan shartli natijaviy ko’rsatkich orasidagi farq sifatiy omilning natijaviy ko’rsatkichning o’zgarishiga ta’sirini ko’rsatadi.
Ushbu usul bo’yicha tahlilni paxta yalpi hosilining o’zgarishi misolida ko’rib chiqamiz.
Paxta yalpi hosilining (natijaviy ko’rsatkichning) o’zgarishi:

Bunda, mos holda hisobot va bazis yillaridagi paxta maydoni.,
mos holda hisobot va bazis yillaridagi paxta hosildorligi
darajasi.

Yüklə 412,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin