O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
“Amaliy matematika” yoʻnalishi guruh talabasi ning “Sonli usullar” fanidan “Algebraik va transsendent tenglamalarning haqiqiy ildizlarini vatarlar usuli bilan hisoblash (yaqinlashish shartlari, algoritm, dastur va hisoblash eksperimentlari natijalari)” mavzusidagi KURS ISHI Kurs ishi rahbari:
Fargʻona 2023
MUNDARIJA
KIRISH 3
I BOB. ALGEBRAIK VA TRANSENDENT TENGLAMALAR, ULARNI YECHISHNING GEOMETRIK TALQINI 5
1.1-§. Algebraik va transendent tenglamalar haqida dastlabki tushunchalar 5
1.2-§.Tenglamani yechishning geometrik talqini. 7
II BOB. ALGEBRAIK VA TRANSENDENT TENGLAMALARNI YECHISH USULLARI 9
2.1-§. Algebraik va transendent tenglamalarni oddiy iteratsiya usuli bilan yechish 11
2.2-§. Algebraik va transendent tenglamalarni urinmalar (Nyuton) usuli bilan yechish 12
2.3-§. Algebraik va transendent tenglamalarni yarim (teng ikkiga) boʻlish usuli bilan yechish. 13
2.4-§. Vatarlar metodi 14
ILOVA 27
XULOSA 29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 31
KIRISH
Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi. Kompyuter texnologiyalardan faqat hisoblash ishlarini olib borish uchun emas, balki, hayotga tadbiq qilinadigan elektron darsliklar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi, katta hajmli ma’lumotlarni o’zida saqlovchi dasturlar yaratish uchun ham foydalaniladi.So’ngi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta’minotiga bo’lgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab qiladi. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning “ Yoshlarimiz bizdan ko’ra kuchli bilimli dono va albatta baxtli bo’lishlari kerak “, ”O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida” degan so’zlari va 2008 – yilning “Yoshlar yili” deb belgilaganlari, yoshlarga bo’lgan e’tiborni va katta ishonchni ko’rsatadi. Biz yoshlar o’z navbatida bunday ishonchni oqlashga va komillik sari intilishga harakat qilamiz.
Yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalari hozirgi vaqtda eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelmoqda, sababi har bir sohani o’rganish, izlanish va tajriba orttirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Shuning uchun yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvoffiqdir.
Hozirgi zamon mutaxasislari, faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo’lishi, hamda yangi information texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Zamonviy hisoblash texnikasi va information texnologiyalarning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora informatsiyalashib borishi sababli, uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini kompyuerlashtirish bo’yicha bir qator o’quv fanlari kiritilgan.
Kurs ishining dolzarbligi. Kompyuterning qo’llanilish sohalaridan biri matematik, mexanik va fizik jarayonlarni va ob’ektlarning matematik modellarini hisoblash usullari va kompyuterlarning dasturiy vositalari yordamida tadqiq etish bo`lib qolmoqda. Hisoblash usullari va kompyuterlarning zamonaviy imkoniyatlari birgalikda bunday jarayonlar va ob`yektlarning shu paytgacha noma`lum xususiyatlarini ochishga va, shu asnoda, texnologik jarayonlarni takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Ushbu kurs ishining mavzusi ham hisoblash usullari va kompyuterning ilmiy tadqiqot ishlarida qo’llanilishiga bog`liq bo’lib, ilmiy va amaliy jihatdan dolzarbdir.