Biokimyo va molekulyar biologiya


Materiallarni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
Materiallarni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Molekulyar biologiya nimani o‗rganadi? 
2. Biokimyo va molekulyar biologiyani o‗rganish qanday g‗oya va uslublarga 
asoslanadi? 
3. O‗simlik va hayvonlarning elementar tarkibi qanday? 
4. Hujayralarning kimyoviy birikmalari tarkibi va ularning foiz nisbati 
qanday? 
5. Elektron mikroskop yordamida hujayralarni o‗rganish imkoniyatlari 
qanday? 
6. Molekulyar biologiyaning organizm butunligiga shikast yetkazmasdan 
amalga oshiriladigan tadqiqot uslublarining mohiyati qanday? 
7. Qanday uslublar analitik-dezintegratsion tadqiqot uslublari deyiladi? 
8. Gomogenizatsiya nima? 
9. Differensial sentrifugalash yo‗li bilan subhujayraviy elementlarni ajratib 
olish qanday amalga oshiriladi? 
10. Hujayraning subhujayraviy organellalarga qanday tavsif beriladi? 
11. Biotexnologiya va gen muhandisligi nimani o‗rganadi? 


23 
12. Tirik hujayralarda sodir bo‗ladigan jarayonlarni o‗rganish uchun qanday 
usullardan foydalaniladi? 
13. Moddalar almashinuvining umumiy tavsifi qanday? Assimilyatsiya nima? 
Dissimilyatsiyachi? 
14. Anabolizm va katabolizm o‗rtasidagi o‗zaro bog‗lanish qaysi 
munosabatlarda namoyon bo‗ladi? 
15. Metabolizm jarayonida qanday xillardagi maxsus funksiyalar bajariladi? 
16. Makromolekulalar nima? 
 


24 
3. OQSILLAR, ULARNING TARKIBI, XOSSALARI VA FUNKSIYALARI 
 
3.1. Oqsillarning qisqacha tavsifi 
Tirik organizm o‗z tarkibiy komponentlarining yuqori darajadagi tartibdaligi 
va undagi fenotipik jarayonlar kabi turli xil biologik funksiyalarning ham sodir 
bo‗lishini ta‘minlaydigan noyob tarkibiy tuzilishga ega ekanligi bilan ajralib turadi. 
Bu hayotning mohiyatini tashkil etadigan organizmlarning strukturaviy-funksional 
tartib birligida oqsillar hal qiluvchi rol o‗ynaydi va ularni boshqa organik 
birikmalar guruhlari bilan almashtirib bo‗lmaydi. 
Oqsillar yuqori molekulyar, tarkibida azot tutuvchi organik moddalar bo‗lib, 
ularning molekulalari aminokislotalar qoldiqlaridan tashkil topgan. Ular 
hujayraning tarkibiy tuzilishi va funksiyalarida muhim rol o‗ynaydi, chunki ular 
yordamida genetik axborotning ko‗chirilishi amalga oshadi. Boshqachasiga ular 
proteinlar
deb nomlanadi (yunoncha, ―protos‖ ‒ ―birlamchi‖, ―muhim‖). 
Darhaqiqat, oqsillar tirik organizmlar uchun miqdoriy ko‗rsatkich jihatdan ham
organizmdagi ahamiyati jihatidan ham birlamchi hisoblanadi, hayvonlar 
organizmida oqsil quruq massa hisobida 40-50 % va undan ko‗proq miqdorni 
tashkil qilsa, o‗simliklarda kamroq 1 % dan 16 % gacha, bakteriyalar, viruslar va 
achitqida 13 % dan 99 % gacha bo‗ladi (3-jadval).
 
3-jadval


Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin