Biokimyo va molekulyar biologiya


Almashinadigan va almashinmaydigan aminokislotalar



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Almashinadigan va almashinmaydigan aminokislotalar
 
 
Almashinadigan 
Almashinmaydigan 
Alanin 
Arginin

Asparagin 
Valin 
Asparagin kislotasi 
Gistidin
1
Glitsin 
Izoleysin 
Glutamin 
Leysin 
Glutamin kislotasi 
Lizin 
Prolin 
Metionin 
Serin 
Treonin 
Tirozin 
Triptofan 
Sistein (sistin) 
Fenilalanin 
 
1-Qisman almashinadigan aminokislotalar
 
 


30 
Ozuqa tarkibidagi 
oqsillarning 
aminokislota tarkibi 
tana 
oqsillari 
aminokislotalariga qay darajada yaqin bo‗lsa, uning bioligik qimmati shuncha 
yuqori bo‗ladi. Almashinmaydigan aminokislotalarni sintezlay olmaydigan 
hayvonlarda bu qobiliyat bo‗lmasligining sababi, ularning organizmida aminlanish 
yo‗li bilan tegishli almashinmaydigan aminokislotalarga aylanadigan tegishli 
ketokislotalarning hosil bo‗lmasligidadir. Demak, ularning hayotiy jarayonlarini 
normal 
tarzda 
kechishi 
uchun 
ozuqa 
tarkibida 
almashinmaydigan 
aminokislotalarning barchasi bo‗lishi lozim. Ozuqa tarkibida u yoki bu 
almashinmovchi aminokislotaning bo‗lmasligi azot almashinuvini salbiylashuvi, 
o‗sishning to‗xtashi, asab faoliyatini izdan chiqishi va h.k.larga olib keladi. Bu 
aminokislotalarga nisbatan bo‗lgan talab har xil hayvonlarda turlicha bo‗ladi. Ko‗p 
bakteriyalar va yuksak o‗simliklar bu aminokislotalarni faol ravishda sintezlaydi
bu ulardagi sintezlanish yo‗lini o‗xshashligini yoki yaqin ekanligini ko‗rsatadi. 
Kavshovchi hayvonlarning qatqorin mikroflorasi oqsil bo‗lmagan azotli 
moddalardan, masalan, oqsillarni parchalanishida hosil bo‗ladigan siydikchil va 
ammiakdan barcha kerakli aminokislotalarni sintez qila oladi. Bu hayvonlar uchun 
ozuqa tarkibidagi aminokislotalarni normallashtirmasa ham bo‗ladi. Lekin 
hayvonlarning ratsionini nooqsil azotli moddalar bilan to‗ldirib turish uchun 
siydikchil ishlatiladi. Ularning yangi tug‗ilgan bolalarida almashinmaydigan 
aminokislotalarga nisbatan ehtiyoj seziladi. Cho‗chqalar va parrandalar ratsioni 
aminokislotalar tarkibi bo‗yicha muvofiqlashtirilishi zarur. Shu maqsadda 
aminokislotalar tarkibi jihatidan bir-birini to‗ldiradigan ozuqalar tanlanadi va uni 
tarkibiga sanoat miqyosida ishlab chiqarilgan sintetik aminokislotalardan 
qo‗shiladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin