Biokimyo va molekulyar biologiya


 Aminokislotalar, ularning tasnifi. Oqsillar tarkibida



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
3.5. Aminokislotalar, ularning tasnifi. Oqsillar tarkibida 
aminokislotalarning birikishi. 
Ilk bor oqsil moddalarni bundan 280 yil oldin ajratilgan, XVIII asrning 
ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida o‗simlik va hayvonlar tarkibida 
uchraydigan qator oqsil moddalar haqidagi ma‘lumotlar bayon qilindi. 
Oqsillar tarkibini o‗rganish bo‗yicha chuqur va qiziqarli tadqiqotlar 
biokimyoning 
asoschilaridan 
biri 
bo‗lgan mashhur rus biokimyogari 
A.Y.Danilevskiy (1838-1923) tomonidan XIX asrning 80-yillari amalga oshirila 
boshlandi. Uning fikricha, oqsil molekulasi o‗zaro o‗xshash zanjirlarning bir-biri 
bilan birikishidan hosil bo‗ladi, bunda karbon atomlari azot atomlari bilan 
navbatma-navbat keladi. U birinchi bo‗lib oqsillarning polimer tavsifli tuzilishini 
bashorat qildi. E.Fisher (1912) oqsillarni tuzilish nazariyasini ta‘riflab berdi, unga 
binoan, aminokislotalar bir-biri bilan alfa-karboksil va alfa-aminoguruhlar 
yordamida birikadi, masalan: 
L-Alanin L-Serin Alanil-serin dipeptid 


33 
Aminokislotalarni radikallarning kimyoviy tuzilishiga asoslanib tasniflanadi. 
Shu nuqtayi nazardan aromatik, alifatik, shuningdek, tarkibida oltingugurt yoki 
gidroksil tutuvchi aminokislotalar farqlanadi. Agar radikal neytral (bitta 
aminoguruh va bitta karboksil guruhga ega) bo‗lsa, ular 
neytral aminokislotalar
deb yuritiladi. Agarda amino yoki karboksil guruh ortiqcha bo‗lsa, unda o‗zaro 
mos holda 
asosli
yoki 
kislotali
aminokislota
deyiladi. 
Aminokislotalarni zamonaviy tasniflash ularning qutblanganligi, ya‘ni 
ularning suv bilan ta‘sirlanish xususiyatiga asoslanadi. Shu nuqtayi nazardan 4 ta 
sinfga ajratiladi:
a) qutbsiz (gidrofob); 
b) qutbli (gidrofil); 
d) nordon (manfiy zaryadlangan); 
e) asosli (musbat zaryadlangan). 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin