Biokimyo va molekulyar biologiya


 Oqsillarning funksiyalari



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

3.4. Oqsillarning funksiyalari 
Oqsillar tirik organizmlarda quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
1. Qurilish (plastik yoki strukturaviy) funksiyasi.
Oqsillar har qanday tirik 
hujayraning protoplazmasini asosini tashkil qiladi. Lipidlar bilan birgalikda ular 
barcha hujayra membranalari va boshqa barcha organellalarning asosiy tarkibiy 
birikmasi hisoblanadi. Ular orasida biriktiruvchi to‗qima tarkibidagi kollagen, 
sochlardagi keratin, qon tomiri devorlaridagi elastin va boshqalar ham muhim rol 
o‗ynaydi.
2. Katalitik funksiya
. Barcha fermentlar kimyoviy tuzilishiga ko‗ra oddiy 
yoki murakkab oqsillardir. Shunday qilib, deyarli barcha biokimyoviy reaksiyalar 
oqsillar-fermentlar ishtirokida katalizlanadi. Oqsillarning bu funksiyasi noyobdir, u 
biologik tizimlardagi kimyoviy reaksiyalar tezligini belgilaydi. 
3. Harakatlantirish funksiyasi
. Tirik tabiatdagi har qanday harakat 
(mushaklar ishi, sodda hayvonlardagi yolg‗on oyoqlar, kiprikchalar harakati, 


31 
hujayradagi protoplazma harakati va boshqalar) hujayralarning oqsil tuzilmalari 
tomonidan amalga oshiriladi. Mushaklar qisqarishi va bo‗shashi vaqtida ko‗plab 
oqsil birikmalari ishtirok etadi. Ammo, bu hayotiy jarayonlarda asosiy rolni aktin 
va miozinning o‗ziga xos mushak to‗qimalarining oqsillari o‗ynaydi. Qisqarish 
funksiyasi faqat mushaklarning oqsillariga xos bo‗lib qolmasdan, balki hujayra 
faolligining eng nozik jarayonlarini (mitozda) ta‘minlaydigan sitoskelet oqsillariga 
ham xosdir. 
4

Transport funksiyasi
. Qon oqsili ‒ gemoglobin kislorodni o‗pkadan 
to‗qima va organlarga tashiydi. Yog‗ kislotalarining organizm bo‗ylab tashilishi 
boshqa qon oqsili, albumin ishtirokida sodir bo‗ladi. Lipidlarni, temirni, steroid 
gormonlarni va boshqalarni tashuvchi qon oqsillari mavjud. Ko‗p moddalarni 
hujayra membranalari orqali ko‗chirilishi maxsus tashuvchi oqsillar tomonidan 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin