Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Molekulyar biologiya
‒ tirik organizmlarning asosiy xususiyatlarini, ularning 
o‗sishi, rivojlanishi, ko‗payishi, differensiatsiyasi, irsiyat va immunitet, 
harakatlanish va atrof-muhit sharoitlariga moslashuvi hamda boshqa ko‗plab 
biologik hodisalarning molekulyar asoslarini o‗rganishga va tushuntirishga 
qaratilgan fan. Biologiya fanining ushbu bo‗limi, yuqorida ta‘kidlanganidek, XX 
asr o‗rtalarida mustaqil fan sifatida to‗liq shakllandi. Bu fan tirik organizm 
hujayralarini fizik va kimyoviy usullar yordamida o‗rganish asosida, shuningdek, 
biologiya fanining turli sohalarida yig‗ilgan bilimlarni chuqur tahlil qilish asosida 
paydo bo‗ldi. Ammo molekulyar biologiyani o‗rganish g‗oyalari va usullari 
makromolekulyar birikmalarning tuzilishini o‗rganishda so‗nggi yutuqlarga, 
hujayrani va uning tarkibiy qismlarini o‗rganish natijalariga, shuningdek, 
biologiyaning genetika, mikrobiologiya, virusologiya, sitologiya va boshqa 
sohalariga oid tadqiqotlar natijalariga asoslanadi. 
Molekulyar biologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi 1953-yilda 
amerikalik genetik olim Jeyms Uotson va ingliz fizigi Frensis Kriklarning 
deoksiribonuklein kislotasining qo‗shzanjirli tuzilishini kashf etganlaridan keyin 
sodir bo‗ldi. Molekulyar biologiyaning o‗ziga xos xususiyati, u hayotning eng 
ibtidoiy ko‗rinishlari darajasida namoyon bo‗lgan obyektlardagi hayotiy 
hodisalarni o‗rganishidadir. Bu hayotiy jarayonlar obyektlari - hujayra va undan 
keyingi darajadagi izolyatsiyalangan: hujayra yadrolari, mitoxondriyalar, 
ribosomalar, xromosomalar, hujayra membranalari kabi subhujayraviy elementlar, 
bundan tashqari, jonli va jonsiz tabiat chegarasida bo‗lgan tizimlar ‒ viruslar, shu 
jumladan, bakteriofaglar va tirik materiyaning eng muhim komponentlari ‒ nuklein 
kislotalari va oqsillar molekulalarigacha bo‗lgan tizimlardir.
Molekulyar biologiyaning shakllanishi va rivojlanishi uchun poydevor bo‗lib 
xizmat qilgan fanlar: genetika, biokimyo, elementar jarayonlar fiziologiyasi va 
boshqalar hisoblanadi. Molekulyar biologiya g‗oyalari nuqtayi nazaridan hayot 
hodisalarining umumiyligini uchta oqimning kombinatsiyasi natijasida ko‗rib 
chiqish mumkin bo‗ladi, ular jumlasiga metabolitik hodisalarda o‗z ifodasini 
topadigan moddalar oqimi, ya‘ni assimilyatsiya va dissimilyatsiya; hayotiy 


15 
jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchi bo‗lgan energiya oqimi; va har bir 
organizmni rivojlanishi va yashashigagina emas, balki uzluksiz almashinib 
turuvchi avlodlarga oid xilma-xil axborotlarni o‗zida mujassamlashtirgan 
ma‘lumotlar oqimini kiritish mumkin. 
Molekulyar biologiyaning jadal rivojlanish yo‗liga kirganligining sababi 
aniq fanlarning yirik olimlar armiyasi ‒ fiziklar, kimyogarlar, kristallograflar va 
matematiklarning biologik muammolarni echishga faol kirishishlari tufayli yuz 
bera boshladi. Ular ishtirokida yechimi topilgan muammolar quyidagilarni o‗z 
ichiga oladi: 
- DNK ning tuzilishi, biologik funksiyasi, barcha RNK xillari va 
ribosomalarni, shuningdek, barcha genetik kodning ochilishi; 
- teskari transkripsiyani, ya‘ni RNK matritsasida DNK sintezlanishining 
ochilishi; 
- nafas olish pigmentlari funksiyasi mexanizmlarini o‗rganilishi; 
- fermentlar uchlamchi strukturasining, uning enzimatik ta‘sir uchun 
funksional ahamiyatining, oqsillarning matritsali sintezi tamoyillarining va 
ularning biosintezi mexanizmlarining kashf etilishi; 
- viruslar tuzilishining va ularning replikatsiya mexanizmlarining, 
antitanalarning birlamchi va qisman fazoviy tuzilishining ochib berilishi; 
- individual genlarni ajratish imkoniyati;
- genni oldin sun‘iy, keyin biologik (fermentativ) sintez qilish, shu jumladan, 
organizm hujayrasidan tashqarida (in vitro) sintez qilish;
- genlarni bir organizmdan boshqasiga, shu jumladan, inson hujayralariga 
ko‗chirish; 
- tobora ko‗payib borayotgan miqdorda individual oqsillarning, asosan 
fermentlarning, shuningdek, nuklein kislotalarning kimyoviy tarkibini aniqlash; 
- tobora murakkabligi yuqorilashib borayotgan biologik obyektlar nuklein 
kislotalar-dan tortib, to ko‗p komponentli fermentlar, viruslar, ribosomalar va 
boshqalarga aylanadigan ―o‗z-o‗zini yig‗ish‖ hodisalarini aniqlash; 
- biologik funksiyalar va jarayonlarni tartibga solishning allosterik va boshqa 
xildagi asosiy tamoyillarini tushuntirish. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin