Biokimyo va molekulyar biologiya


eksperimental yo‗nalishni



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

eksperimental yo‗nalishni
rivojlantirishga sababchi bo‗ldi. Ushbu 
nazariyaning rad etilishi fanda M.V.Lomonosov va A.Lavuazyelar tomonidan 
materiyaning (moddalar og‗irligining) saqlanish qonunini kashf etilishi va 
tasdiqlanishi bilan bog‗liq. Bundan tashqari, A.Lavuazye nafas olishda, 



shuningdek, organik moddalarning yonishi jarayonida kislorodning yutilishi va 
karbonat angidridning chiqarilishini isbotlab berdi.
Rus olimi K.S.Kirxgof (1814) 
arpa maysasi
ekstrakti kraxmalni shakarga 
aylanishini ta‘minlovchi fermentativ jarayonni fanga ma‘lum qildi.
XIX asrning o‗rtalariga kelib boshqa qator fermentlar: so‗lak amilazasi, 
oshqozon shirasi pepsini, oshqozonosti bezi tripsini kabilarning borligi aniqlandi. 
Bu davrda I.Berselius fermentativ jarayonlarning asosiy xususiyatlarini belgilovchi 
kataliz va katalizator
atamalarni fanga kiritdi.
1839-yilda Y.Libix hayvon va o‗simlik organizmlari tarkibida 
oqsillar, 
karbonsuvlar 
va
lipidlar
uchrashini isbotlab berdi. F.Vyoler 1828-yilda 
organizmdan tashqarida, ya‘ni laboratoriya sharoitida 
siydikchilni
, 1854-yilda 
A.Kolbe 
sirka kislotani
, M.Bertlo esa 
yog‗larni
, 1861-yilda A.M.Butlerov 
glyukozani
sintez qilishga erishdilar. Bu davrda L.Paster achish (bijg‗ish) achitqi 
faoliyati natijasida sodir bo‗ladigan biologik (biokimyoviy) jarayon ekanligini 
ko‗rsatib berdi. Shuningdek, bu davrdan boshlab oliy o‗quv yurtlarida biokimyo 
alohida fan sifatida 
fiziologik kimyo
nomi bilan o‗qitila boshlandi. Rossiyada bu 
fandan dars bera boshlagan birinchi olim A.I.Xodnev (1847) bo‗lib, u darslikning 
dastlabki muallifi hisoblanadi.
Shunday qilib, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya va 
Yevropaning oliy o‗quv yurtlarida biokimyo 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin