Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Xlorofill
magniy-porfirin oqsil bilan birgalikda suv molekulasini vodorod va 
kislorodga 
parchalab 
o‗simliklarning fotosintetik faolligini ta‘minlaydi, 
temirporfirinli gemproteinlar unga teskari bo‗lgan reaksiyani, ya‘ni energiyani 
ajralishi bilan bog‗liq bo‗lgan suv molekulasini hosil bo‗lish reaksiyani 
katalizlaydi.
Gemproteinlar. 
Ularga gemoglobin va uning hosilalari, mioglobin, xlorofill 
tutuvchi oqsillar va ferment (sitoxrom tizim to‗lig‗icha, katalaza, peroksidaza)lar 
kiradi. Bu birikmalar tarkibidagi nooqsil tabiatli komponent temir yoki magniy 
hisoblanadi va ularning oqsillarini tarkibi va strukturasi har xil bo‗ladi, shu tufayli 
ular xilma-xil biologik funksiyalarni bajarilishini ta‘minlay oladi.
 Gemoglobin. 
Bu murakkab oqsilning oqsil komponenti sifatidagi qismi 
globindan va nooqsil qismi gemdan tashkil topgan. Gemoglobinning turga oid 
farqli jihatlari globinga bog‗liq, binobarin gemning tuzilishi hamma turlarda bir xil 
bo‗ladi. Ko‗p gem tutuvchi oqsillarning prostetik guruhlarining strukturasi asosida 
porfirin halqa bo‗lib, u porfirinning tetrapirrol birikmasi hisoblanadi. U to‗rtta 
pirrol halqadan tashkil topgan va tuzilishi quyidagicha: 
Bu halqalar o‗zaro bir-biri bilan metin (-CH=) ko‗priklari yordamida birikadi 
va porfin hosil qiladi. Porfin o‗ziga to‗rtta metil (CH
3
) guruhi, ikkita vinil (–
CH=CH
2
), ikkita propion kislota (CH
3
-CH
2
-COOH) qoldig‗i qo‗shib olib 
protoporfirin IX ga aylanadi (4-rasm).
4-rasm.
Protoporfirin IX ning tuzilishi

1-3-5-8-tetrametil, 2-4-divinil 
6-porfin, 7-dipropionat 


52 
Protoporfirin IX ga temir birikadi va gem hosil bo‗ladi (5-rasm). 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin