Ii mavzu. Tizimni o‘rnatish va yangilash



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə1/7
tarix24.05.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#59272
  1   2   3   4   5   6   7

DINSHUNOSLIK MUSTAQIL ISH

  • GURUH: HSM011
  • TALABA: QULMAMATOV O
  • O’QITUVCHI: ALIMOVA SH

Mavzu: TERORIZMNING DAVLATLAR TARAQQIYOTIGA TAHDIDI


REJA:

Terrorizm tushunchasi


Terrorizm –jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholining keng qatlamlarida vahima va qo`rquv uyg`otishga qaratilgan siyosiy kurashning o`ziga xos usulidir. U yashirin ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadida qo`llaniladi. Terrorchi uyushmalar ommaviy bo`la olmaganligi uchun ham ko`p hollarda aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg`otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlardan biri bunday harakat tarafdorlarining “zo`rlik davlatni parokandalikka olib keladi”, degan g`oyaga asoslanib harakat qilishlariga yaqqol ko`rinadi. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo`lmayotgan, tinchlik hukmronlik qilayotgan, jamiyatda demokratik institutlar faoliyat ko`rsatayotgan bir sharoitda muqobil usullarni atayin inkor etgan holda siyisiy masalalarni zo`rlik yo`li bilan hal qilishga intilishda ko`rinadi. Bunday siyosiy masalalar o`z navbatida hududiy, etnik, diniy yoki boshqa shakl-u shamoyil kasb etishi mumkin. Ma`lumotlarga ko`ra, 2000-2006-yillar orasida dunyoning 112 mamlakatida 14 ming 934 ta terrorchilik amaliyoti sodir etilgan.
Terrorizm - G’arb madaniyatidagi “irhob-terrorizm” tushunchasining ma’nosi haqida Qohira Dorulfununi o’qituvchisi doktor Yahyo Abdulmubdiy shunday deydi: “”Irhob” so’zi ingliz tilida “terror” so’ziga “ism” qo’shimchasini qo’shish bilan (terrorism) “qo’rquv”, “dahshat” ma’nolarini ifodalaydi. Agar “terrorize” fe’li shaklida iste’mol qilinsa “qo’rqitdi”, “dahshatga soldi” ma’nolarini bildiradi”
“Terrorizm” istilohi ilk bor G’arb madaniyatida jumhuriyatchi Yakobinchilar davrida, tarixiy Fransiya burjua inqilobi ushbu inqilobga qarshilik ko’rsatgan burjua tarafdorlari bilan qirol tarafdorlari o’rtasidagi ittifoqqa qarshi qo’llagan kuch ishlatish siyosati uchun iste’mol qilingan. “Reign of Terror” deb nomlangan bu terrorchilik oqibatida 300 000 (uch yuz ming)dan ortiq shubhali odam qamaldi, 17 000 (o’n yetti ming) kishi qatl etildi va minglab begunoh kishilar qamoqxonalarda tergovsiz, mahkamasiz o’lib ketdi.
Tеrrorizm aslida kеcha yoki bugun paydo bo’lib qolgan ijtimoiy ofat emas. U insoniyat tarixida azaldan bor bo’lgan, bugungi kunda ham sodir bo’layotgan, jaholatga, buzg’unchi g’oyalarga asoslangan siyosiy faoliyat usuli, vositasi sifatida namoyon bo’lmoqda.
Qur'oni Karimning «Moida» surasida, jamiyat hayotida sodir bo’ladigan zo’ravonlik va bo’zg’unchilik jinoyatlari va ularning jazolari to’g’risida aytilgan bo’lib, quyidagicha bayon qilingan: Odam (alayhissalom) ning ikki farzandi – Qobil va Hobil o’rtasida bo’lib o’tgan mujodala – Qobil o’z birodari Hobilni nohaq o’ldirgani to’g’risida xabar bеrilib, bu qissa orqali yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi doimiy kurash tasvirlangan. Bu fojеa Еr yuzidagi nohaq qon to’kilish fojеalarining birinchisi edi.
Suraning 30-oyatida Qobil o’z birodari Hobilni nohaq o’ldirgini to’g’risida aytilib, 32-oyatda shunday dеyiladi: «Ana o’sha (fojеa) sababli bani Isroil zimmasiga (shunday farmonni) yozib qo’ydik: kimki biron jonni o’ldirmagan va еrda buzg’unchilik qilib yurmagan odamni o’ldirsa, dеmak, go’yo barcha odamlarni o’ldiribdi va kimki unga hayot ato etsa (ya'ni o’ldirishdan bosh tortsa), dеmak: go’yo barcha odamlarga hayot bеribdi. Ularga (bani Isroilga) payg’ambarlarimiz mеnga shunday hujjatlar kеltirdi. Shundan kеyin ham ulardan ko’plari еr yuzida (qon to’kish bilan) haddan oshib yurguvchidirlar…». Mazkur oyatdan shuni anglash mumkinki, bir kishini halokatdan saqlab qolish esa butun jamiyatni asrab qolishdir.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin