Biokimyo va molekulyar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/123
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176362
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123
6402c353af10c 1. Biokimyo va molekulyar biologiya (2-qism) (darslik) compressed (1)

3.6.
§. 
DNK ning ikkilamchi strukturasi 
DNK ning nukleotid tarkibi to‘g‘risidagi analitik ma’lumotlar asosida 
Uoson bilan Krik 1953 yilda DNK molekulasining qo‘sh spirallarini bir
-biriga 
o‘ralgan tuzilishi to‘g‘risidagi g‘oyani taklif etdi. Keyinchalik bu naz
ariya 
eksperimental 
tasdiqlandi. 
DNKning 
ikkilamchi 
strukturasini 
muvofiqlashtiradigan asosiy omillar quyidagicha: A va T o‘rtalaridagi vodorod 
bog‘lari bo‘lib, bu juftlikda ikkita bo‘ladi. G va S juftligida esa vodorod 
bog‘lari uchta. Azot asoslarini komp
lementar (bir-
birini to‘ldiruvchi) deyiladi.


47 
Komplementar juft azot asoslari A-T va G-S lar faqat katta-kichik 
o‘lchami bir xil bo‘lishi bilan birgalikda, ularning shakli ham bir xilda bo‘ladi.
13-rasm. DNK ning komplementar asoslari. 
(A-T, G-
S asoslar o‘rtasidagi vodorod bog‘lari)
Qush spiralli strukturaning o‘zagi fosfat va dezoksiriboza guruhidan 
tashkil topgan. U fazoviy o‘qqa nisbatan o‘ngga buralish xususiyatiga ega. 
Spiralning ichki qismiga azot asoslari u faz
oviy o‘qqa nisbatan perpendikulyar 
joylashgan. Qo‘sh spiraldagi har bir zanjir o‘zaro antiparalel, ya’ni uning 
kimyoviy tuzilishi bir-biriga qarama-qarshi holda shakllanadi. Bir zanjirdagi 
bog‘ 5
/
-3
/
shaklida bo‘lsa, ikkinchisida, aksincha 3
/
-5
/
fosfat 
ko‘
rinishda (13-
rasm) bo‘ladi.
 
 
 
 
 
 
 
 
14-rasm. DNK ning modeli.


48 
DNK modeliga (14-
rasm) asosan uning molekulasi qo‘sh spiral hosil 
qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirdan tashkil topgan. Har ikkala zanjir bitta 
umumiy o‘qqa ega bo‘lib, diametri 0,2 nm ga teng. Nukleotidlar qoldig‘i bir
-
biriga nisbatan 36
0
C burchak hosil qilib joylashgan. Spiralning bir aylanasi 
360
0
C yoki o‘rami 10 nukleotid qoldig‘idan tashkil topgan. Spiralning bir 
o‘rami orasidagi masofa 3,4nm ga teng bo‘lib, har bir nukleotid 0,34 ni 
egallaydi
DNK zanjirlarining pentoza fosfat guruhlari spiralning tashqi tomonida, 
azot asoslari esa ichki tomonida joylashgan. DNK molekulasidagi adenin 
miqdori har doim timin miqdoriga teng va guanin miqdori sitozin miqdoriga 
teng bo‘ladi. DNK molekulasi
ning boshqa (A,B,C,Z va boshqa) shakllari ham 
kashf etilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin