Biologik ekskursiyalarni tashkil etish va o'tkazish reja



Yüklə 41,5 Kb.
səhifə1/3
tarix22.09.2023
ölçüsü41,5 Kb.
#146562
  1   2   3
BIOLOGIK EKSKURSIYALARNI TASHKIL ETISH VA O\'TKAZISH


BIOLOGIK EKSKURSIYALARNI TASHKIL ETISH VA O'TKAZISH
Reja:
1. Ekskursiyalarning ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o‘rni.
2. Biologik ekskursiyalarning maqsad va vazifalari.
3. Biologik ekskursiyalarni o‘tkazish metodikasi.

Biologiyadan ekskursiyaga tayyorgarlik ko`rish, o`tkazish usullari va ekskursiya materiallarini ishlash va undan foydalanish


Biologik ekskursiyalar – sinf yoki muayyan o‘quvchilar guruhi bilan o‘quv dasturiga muvofiq, o‘qituvchi tomonidan maktabdan tashqarida tabiiy muxit yoki sun’iy yaratilgan sharoitda ob’ektlarning yashash muhiti va unga bog‘liq holda o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladigan o‘quv-tarbiya jarayonining muhim shakli sanaladi.
Ekskursiyaning turlari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ekskursiyalar davomiyligiga ko‘ra, bir soatlik, bir kunlik va ko‘p kunlik bo‘lishi mumkin. Bir soatga mo‘ljallangan ekskursiya – maktab hovlisida yoki o‘quv tajriba er maydonchasida o‘tkaziladi. Bir kunga mo‘ljallangan ekskursiya – tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, fermer xo‘jaliklariga, hayvonot yoki botanika bog‘iga, baliqchilik yoki parrandachilik xo‘jaligiga uyushtiriladigan ekskursiya planini maktab ilmiy bo‘lim mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Ko‘p kunlik ekskursiya – o‘quv yilining oxirida kompleks ekskursiya deb, bunga tarix, geografiya, til adabiyot, jismoniy tarbiya yoki harbiy ta’lim fani o‘qituvchilari bilan birgalikda o‘tkaziladi. Ko‘p kunlik ekskursiya – rejasini pedagogik kengashda tasdiqlanadi. Ekskursiya biologiyani o‘qitishning muhim shakli bo‘lib, u quyidagi didaktik maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi:
Tirik organizmlarning tuzilishi va organlarning funksiyalarida­gi o‘ziga xos xususiyatlarni yashash muhitiga bog‘liq holda o‘rganilishi o‘quvchilar tomonidan biologik qonuniyatlarni “tabiat-inson-jamiyat” munosabatlari nuqtai nazaridan o‘rganishga imkon yaratadi. O‘rganilayotgan mavzu mazmuniga bog‘liq holda samarali tashkil etilgan ekskursiyalarda o‘quvchilarda biologik ob’ektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayotiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqurroq anglash, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish imkonini beradi. Tirik organizmlarning jamoalari, ularning tarkibi, oziq zanjiri, energiya sarfi, biosferadagi modda va energiya almashinuvini tasavvur qilishga zamin tayyorlaydi.
O‘qitishning asosiy shakli bo‘lgan darsda o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni orttirish, ularni amaliyotga qo‘llash, tabiatga nisbatan ongli munosabat, kuzatish, o‘quv va amaliy mehnat ko‘nikmalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. O‘qitish davomida alohida organizmlar va xodisalar haqida ilk bor shakllangan tushunchalar kengaytiriladi, boshqa tushunchalar bilan biri­kib, murakkab tushunchalarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Tabiat hodisalarini kuzatish olamning moddiyligi, tabiatdagi o‘zaro bog‘lanish va rivojlanish, tabiiy boyliklarning inson hayoti va xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni, ularni muhofaza qilish tadbirlari bilan tanishtirish orqali Ona Vatanning tabiatga mehr-muxabbat uyg‘otish, ekologik, estetik, iqtisodiy va gigienik tarbiya berish imkoniyati vujudga keladi.
Ekskursiyaning maqsadi: Tabiiy va sun’iy ekosistemalar, ularda boradigan jarayonlar bilan tanishish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiiy jamoalarda boradigan jarayonlar, tabiiy va sun’iy ekosistemalar haqidagi bilimlari, mantiqiy fikr yuritish, tabiatda o‘zini tutish va kuzatish ko‘nikmalarini rivojlantirish, turlarning xilma-xilligi va organizmlarning muhitga moslashganligiga oid bilimlarini mustahkamlash, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, ekologik tarbiya berish
Jihozlar: Binokl, sachoklar, tok qaychi, qopqoqli shisha bankalar, gerbariy papkasi, eski gazetalar, daftar, ruchka, chizg‘ich.
Ekskursiyaning borishi: O‘quvchilarni ekskursiyaning maqsadi, borishi, kuzatiladigan va bajariladigan topshiriqlar bilan tanishtirish. O‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratish va ularga o‘quv topshiriq-larini tavsiya etish. O‘quvchilarning kichik guruhlarda mustaqil ishini tashkil etish. Farobiy ta’lim tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida ta’lim tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zururligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-soatdatga erishuv to’g’risida», «Aql ma’nolari» kabi asarlarida ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan.

Farobiy ta’lim tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim - degan so’z- insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarni va amaliy malakalarini o’rgatishdir, deydi olim. Farobiy o’z asarlarida axloqiy fazilatlarga to’xtalib o’z fikrlarini bayon etadi. Axloqiy fazilatlar - deganda bilimdonlik, donolik va mulohazali bo’lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko’pchilik ma’rifatini yuqori qo’yish, xakiqat, ma’naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi xislatlarni tushundi. Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya nazariy va amaliy fazilatlarni birlashtiradi, deydi. Har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon bo’ladi.




Yüklə 41,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin