Biologik faol moddalar. "Biologik faol modda" tushunchasi. Bola organizmiga dorivor moddalalarning ta’siri. Zararli moddalarning ta’siri



Yüklə 33,86 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü33,86 Kb.
#178359
  1   2   3   4   5
MODDALARNING MEMBRANALAR ORQALI TASHILISHI


MODDALARNING MEMBRANALAR ORQALI TASHILISHI.
BIOELEKTROGENEZ
REJA:
1 Biologik faol moddalar. "Biologik faol modda" tushunchasi.
2 Bola organizmiga dorivor moddalalarning ta’siri.
3 Zararli moddalarning ta’siri.
4 Bioelektrogenez
5 Foydalanilgan Adabiyotlar

Har bir bolaning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yetarlicha ozuqaviy moddalar kerak. Yoshga bog’liq holda organizm ehtiyojini qondirish uchun yog’, oqsil va uglevod nisbati va sifati yetarlicha bo’lishi zarur. Bundan tashqari ovqat tarkibida vitamin-minerallar organizmga keragicha tushishi va a’zolarning o’sishi uchun muhim. Bolalikning erta davrlarida eng ko’p uchraydigan yetishmovchilik holati gipokalsiyemiya (kalsiy yetishmovchiligi) dir. Bolalarda kalsiy yetishmovchiligi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin, masalan to’satdan suyaklar sinishi, sudorgilar (talvasa), suyak va nerv tizimi rivojlanishi ortda qolishi. Kalsiy yetishmovchiligiga sabablari Bola organizmida kalsiyning normal ko’rsatkichda bo’lishi uchun, ovqat ratsionida kunlik kalsiyning dozasi 500-1000 mg bo’lishi kerak. Ko’krak yoshidagi bolalar kalsiyning yetarli miqdorini ona sutidan olishadi va bu davrda qo’shimcha ravishda kalsiy preparatlaridan ham foydalanish kerak bo’ladi. Qonda kalsiyning sezilarli darajada kamayishi bolalar raxiti va uning asoratlariga olib keladi. Yuqorida aytganimizdek emizikli bolalar kalsiyni ona sutidan qabul qilishadi, demak ona iste’mol qilayotgan mahsulotlar kalsiyga boy bo’lishi zarur. Bolalikning birinchi yilida kalsiy faqatgina, ovqat bilan kam miqdorda tushganligi sababli defitsitga uchramaydi, balki bola organizmida D3 vitamini yetishmasligi hisobiga ham kelib chiqadi. D3 vitamini kalsiyning so’rilishida muhim rol o’ynaydi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ko’rsatmasiga binoan har bir ko’krak yoshidagi bola kuz-qish mavsumida qo’shimcha ravishda, eritma ko’rinishida D3 vitaminini qabul qilishi lozim. Bahor-yoz mavsumida D3 vitamini bola organizmida mustaqil ravishda quyosh nuri ta’sirida sintezlanadi. Bu davrda qo’shimcha vitamin qabul qilish organizmda uning miqdori oshishiga olib keladi, ya’ni gipervitaminoz holati kelib chiqishi mumkin. Bolalikning keyingi davrlarida gipokalsiyemiya ko’pincha oshqozon ichak trakti kasalliklari (gastrit, kolit, ichaklar dizbiozi va boshqalar), ayrim dori preparatlarini qabul qilish oqibatida oshqozonning so’rish funksiyasini buzilishi (antadsidlar, sorbentlar) natijasida kelib chiqadi. Kalsiyning yoshga bog’liq holda normal miqdori


Tug’ilgandan 6 oygacha 400-500 mg;
7 oydan 1 yoshgacha 700-700 mg;
1 yoshdan 10 yoshgacha 700-900 mg.
Alimentar yo’l (ovqatlanish) bilan organizmda kalsiy to’planib qolmaydi. Chunki ortiqcha kalsiy ichak va buyraklar orqali tashqariga chiqarib turiladi. Qo’shimcha ravishda qabul qilinayotgan ortiqcha kalsiy buyraklarda to’planib qoladi va tosh hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Gipokalsiyemiyaning klinik ko’rinishi Hali yurishni o’rganmagan bolakaylarda kalsiy defitsitini faqatgina shifokor aniqlay oladi. Emizikli bolalarda kalsiy yetishmovchiligining ilk belgilari quyidagilar bo’lishi mumkin:
Juda ko’p terlash, ayniqsa boshning tepa qismida;
Boshning yostiq bilan ko’p kontakda bo’ladigan sohalarida soch to’kilishi;
Tremor (tirishish) holati - yig’laganda iyak sohasi;
Baland shovqinlar eshitganda bezovtalanish va yig’lash.
Agar kalsiy yetishmovchiligi bolaning o’tirish va yurishni boshlagan davriga to’g’ri kelsa, unda umurtqalarda patologik qiyshiqliklar va egriliklar kelib chiqadi. Bolalikning keyingi davrlarida gipokalsiyemiyada suyaklar sinuvchanligi oshishi, tirnoqlarning ko’chib tushishi, og’iz burchagida yorilishlar, talvasalar, anemiyalar, bo’g’imlarning deformatsiyalari ko’zga tashlanadi.
Organizmda kalsiy yetishmayotganini va talvasa holatlari boshlanayotganini ba’zi bir testlar yordamida aniqlab olsa bo’ladi:
Agar bolakayning og’iz burchagiga barmoq uchi bilan yengil tegilsa, bolaning og’zi qaltiraydi, bu esa kalsiy yetishmovchiligidan dalolat beradi;
Agar bolakayning yelka suyagining o’rta uchdan bir qismi qo’l bilan siqilsa, bolakayning barmoqlari tirishadi. Bu holat bola organizmida kalsiy yetishmovchiligining og’ir darajasidan darak beradi.

Yüklə 33,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin