Biologik faol moddalar. "Biologik faol modda" tushunchasi. Bola organizmiga dorivor moddalalarning ta’siri. Zararli moddalarning ta’siri


Kalsiy yetishmovchiligining oqibatlari



Yüklə 33,86 Kb.
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü33,86 Kb.
#178359
1   2   3   4   5
MODDALARNING MEMBRANALAR ORQALI TASHILISHI

Kalsiy yetishmovchiligining oqibatlari


Kalsiy bola rivojlanishi va normal o’sishi uchun kerak bo’lgan element. Uning ozuqa bilan kam tushishi yoki oshqozon ichaklardan so’rilishining buzilishi bolalarda raxit kasalligiga olib keladi. Kasallikning bir necha bosqichlari bor va ularning har biri turlicha ko’rinishda namoyon bo’ladi raxit kasalligining erta bosqichlarida bolakaylarda kalsiy yetishmovchiligining umumiy belgilari namoyon bo’ladi: teri gipergidrozi (ko’p terlash), giperqo’zg’aluvchanlik (tirishishlar, talvasalar), uzoq muddat kontakt natijasida soch to’kilishi. Kasallikning bu bosqichida suyak tizimi tomonidan deformatsiyalar kuzatilmaydi.
Maxsus davo choralari ko’rilmaganda raxit avj olib keyingi darajalariga o’tib ketadi. Bunda birinchi navbatda dispeptik sindromlar yuzaga keladi (qayt qilish, ishtahaning pasayishi, ich kelishining buzilishi) va suyakdagi o’zgarishlar. Shu bilan birga qorin old devori mushaklarining tonusi pasayishi natijasida baqa qorni ko’rinishida bo’lishi. Suyak tizimi tomonidan bolalarda kalla chanog’ining assimetrikligi, liqildiqlarning yopilmasligi, liqildoqlar cheti yumshab qolishi, to’sh suyagi deformatsiyalari (voronkasimon ko’krak), umurtqa pog’onasidagi qiyshiqliklar (kifoz,skoloiz), oyoqlarning deformatsiyalari (X yoki O simon oyoq) kabi o’zgarishlar yaqqol namoyon bo’ladi.
Kasallikni e’tibordan chetda qoldirib vaqtida davo muolajalari ko’rilmasa, bolaning nogironligiga va jismoniy-ruhiy jihatdan ortda qolishiga olib kelishi mumkin. Raxit kasalligining eng ko’p uchraydigan asorati: umurtqa pog’onasining qo’pol deformatsiyasi va qiyshiqligi, katta kalla chanog’i, ta’m bilishda o’zgarishlar, ya’ni adashtirib qo’yishlar, oyoqlarning qiyshayishi natijasida yurishdagi o’zgarishlar, ko’krak qafasi va to’sh suyagi deformatsiyasi, yurak va o’pkaning normal funksiyasi buzilishi, yassi chanoq (qiz bolalarda kelajakda farzand dunyoga keltirishda qiyinchilik tug’diradi), ko‘ruv o‘tkirligining buzilishi (miopiya) kabilar.
Maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarda kalsiy yetishmovchiligi suyaklarning tez-tez sinishi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bunga bo’g’imlaragi deformatsiyalar va anemiya holatlari ham qo’shiladi.

Yüklə 33,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin