Kalsiyning yoshga bog‘liq holda normal miqdori Tug‘ilgandan 6 oygacha – 400-500 mg; 7 oydan 1 yoshgacha – 700-700 mg; 1 yoshdan 10 yoshgacha – 700-900 mg
Kalsiyning yoshga bog‘liq holda normal miqdori Tug‘ilgandan 6 oygacha – 400-500 mg; 7 oydan 1 yoshgacha – 700-700 mg; 1 yoshdan 10 yoshgacha – 700-900 mg.Kalsiy yetishmovchiligi diagnostikasi Raxitning ilk belgilari yoki talvasalar boshlanganini sezsangiz darhol shifokorga murojaat qiling. Kalsiy miqdorini tekshirish uchun: Umumiy qon analizi, undagi gemoglobin miqdori; Bolalarda siydik orqali Sulkovich sinamasi o‘tkazish yo‘li bilan siydik bilan ajralib chiqayotgan kalsiy miqdori o‘rganish; Periferik venoz qondagi kalsiy miqdorini tekshirish – 6 oygacha bo‘lgan bolalarda normal ko‘rsatkich 2,25-2,5 mmol/l bo‘ladi. Bolalarda kalsiy yetishmovchiligini davolash va profilaktikasi Ayolning homiladorlik vaqtida va farzand dunyoga keltirgandan keyin ham iste’mol qilayotgan mahsulotlari tarkibida kalsiy miqdori yetarlicha bo‘lishi kerak. Bolalarda kalsiy yetishmovchiligining profilaktikasi, uning ona qornidaligi vaqtidan boshlanishi kerak. Har bir homilador ayol homiladorlikning 28-32 haftasidan boshlab har kuni D3 vitaminini, 6-8 hafta davomida qabul qilishi zarur. Bolaning sog‘lom dunyoga kelganda ham profilaktika maqsadida 2-3 oyligidan boshlab D3 vitaminini qabul qilib turishi kerak. Kuz-qish mavsumida har bir sog‘lom tug‘ilgan bolakaylarga profilaktik doza, ya’ni 500 XB da D3 vitamini berilishi raxit kasalligining kelib chiqmasligini ta’minlaydi. Preparatlarni tanlash va ularning dozalarini shifokor belgilaydi. Sun’iy ovqatlanishga o‘tgan bolalarga esa alohida jihatlariga qarab D3 vitamini berishda istisnolar bo‘lishi ham mumkin