Key word.Investment, currency policy, modernization, depreciation policy, monetary policy, price policy, innovative measures.
Kirish Mamlakatda investitsion munosabatlarni amalga oshirish va uning huquqiy tizmini tashkil etuvchi muayyan huquqiy asoslar yaratilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g’risida”gi, “Chet el investitsiyalari to‘g’risida”gi yangi tahrirda, “Chet ellik investorlar huquqlarning kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g’risida”gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarda investitsion munosabatlarga taalluqli barcha jarayonlarga va tushunchalarga aniqliklar kiritilgan. Investitsiya faoliyatining sub’ektlari va ob’ektlari, investitsion faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinish masalalari, xorijiy investorlarning huquq va burchlari, mol-mulk kafolatlari va imtiyozlari kabilar aniq belgilab berilgan. Davlat mazkur qonunlar doirasida investitsion faoliyatning turli sub’ektlari o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi. Boshqacha qilib aytganda, bu tartibning qanday o‘rnatilganligiga qarab u yoki bu mamlakat xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qanday huquqiy muhit yaratilganligini aniqlab olish mumkin.
Adabiyotlar tahlili Avstraliyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeter birinchi marotaba innovatsiyalarga oid masalalarni ko‘rib chiqqan va innovatsion Jarayonga to‘lig ta’rif bergan. Iqtisodiy adabiyotlarda "innovatsiya" tushunchasiga ko‘pchilik mualliflar tomonidan turlicha yondoshuvlar keltirilgan. Ko‘pchilik mualliflar yangilik kiritishnt iqtisodly tadbiq etish jihatidan nazarda tutadi, ya’ni yangi resurslarni tashkil etish yoki mavjud bo‘lganlarini noan’anaviy holda yangicha ishlatilishini nazarda tutadilar A.Busiginning fikriga ko‘ra, innovatsiya bu asosiy kapital yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ilm fan, texnika va texnologiyalar yordamida yangilashdir.1 R.Fatxutdinovning fikriga (ko‘tal inhovatslya yangiliknl tadbiq etishning yakuniy natijasi bo‘lib, ob’ekt boshqaruvini o‘zgartirish ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, texnikaviy, ekologik va boshqa ko‘rinishdagi samaradorlikdir. Yuqoridagi ta’riflardan xulosa qilib, innovatsiya - bu yuqori iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilg‘or ilm-fan yutuglarini joriy etish yo‘ll bilan yangi tovarlar yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifatini oshirishdir.2 Innovatsiya har bir sohada bo‘lishi mumkin. Masalan, fanda, uning bir yo‘nalishida yirik yangiliklarga erishish, kashfiyotlar yaratish, izlanishlarda, ilm sohasida yangi ilm va bilimlarni ochish, texnika va texnologiyalarni yangi avlodini yaratish, ishlab chiqarish sohalarida, xizmat ko‘rsatishda yangi usullarni kiritish va boshqalar shular jumlasidandir.