Biologiya 5 new indd



Yüklə 152 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/78
tarix07.01.2024
ölçüsü152 Kb.
#207149
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78
Biologiya 5-sinf

B a k t e r i y a l a r
dunyosi - asosan, geterotrof oziqlanuvchi prokariot 
organizmlardan iborat. Bakteriyalarni faqat mikroskop yordamida 
o ‘rganish mumkin. Ular doimiy ravishda atrofimizda mavjud, lekin 
juda kichik b o ‘ lganligi sababli ko‘zimizga ko‘ rinmaydi. Bakteriya- 
larga sil tayoqchasi, achituvchi va chirituvchi bakteriyalar kiradi.
Z a m b u r u g ‘ \ ar
dunyosi - erkin harakat qila olmaydigan eukari­
ot organizmlar, geterotrof usulda oziqlanadi. Ingichka ipchalar -
gifalar yordamida tuproqqa birikadi. Zam burug‘ larda sporasi max- 
sus boshoqchasida yoki qalpoqchasida yetiladi. Ular mikroskopda 
ko‘ rinadigan achitqi zam burug‘ idan tortib, yirik q o ‘ziqorinlargacha 
bo‘ lgan organizmlarni o ‘z ichiga oladi.
0 ‘sim\ik dunyosi -
f l o r a
deyiladi. O‘ simliklar erkin harakatlana 
olm aydigan eukariot organizm lar. Atrofim izdagi yashil o ‘ simliklar
edurtm_uz
23


О 
e d U r t m _ U Z
Ta'lim Markazi
a vto tro f usulda oziqlanadi. K o‘ pchilik vakillari yashil xlorofill pig- 
menti hisobiga fotosintez qiladi. Fotosintez - o ‘sim liklarn ing 
oziqlanish turi b o ‘ lib, bunda o ‘simlik karbonat angidrid gazini 
yutib, atm osferaga kislorod gazini ajratadi. Fotosintez natijasida 
organik m oddalar ham hosil b o ‘ ladi.
Hayvonot dunyosi -
f a u n a
deyiladi. Ular erkin harakatlana ola- 
digan eukariot organizmlar b o ‘ lib, oziqlanishi geterotrof usulda

d
17-rasm . Tirik organizmlar: a - bakteriyalar dunyosi; b - zamburug‘ lar 
dunyosi; c - o‘simliklar dunyosi; d - hayvonot dunyosi.
24


amalga oshadi. Ko‘ p hujayrali hayvonlar nerv sistemasi va sezgi 
organlari (ko‘ rish, eshitish, ta ’ m bilish)ning mavjudligi bilan boshqa 
tirik organizmlardan farq qiladi. Hayvonlar nerv sistemasi va sezgi 
organlari yordamida tashqi muhitdan kelayotgan m a’lumotni qabul 
qiladi va unga javob qaytaradi.
Organik olamda yana shunday mavjudotlar borki, ular mustaqil 
yashay olmaydi. Bunday hayot shakllari viruslar deyiladi.
V iru s la r. Viruslar hayotning hujayrasiz shakli b o ‘lib, jonsiz va 
jonli tabiat o ‘ rtasida oraliq o ‘ rinni egallaydi. Chunki viruslar faqat 
hujayra ichiga kirgandagina tirik organizmlarga o ‘xshash belgilarni 
namoyon qiladi, ya’ ni ko ‘payadi. Hujayradan tashqarida tiriklik- 
ka xos belgilarni namoyon qilmaydi. Viruslar hujayra ichiga kirib, 
uning ozuqa moddasi hisobiga ko‘ payadi va hujayrani nobud qi­
ladi. Viruslar hamma hujayraga ham ta ’sir qilavermaydi. Masalan, 
gepatit A va B virusi jigar hujayralarida, gripp va koronavirus nafas 
y o ‘llarining shilliq qavatida, gerpes virusi lab epiteliysida parazitlik 
qiladi. Bakteriyalarda bakteriofag, o ‘simliklarda tamaki mozaikasi 
virusi, hayvonlarda quturish virusi parazitlik qiladi.

Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin