O'simtalaming qorong'ulikda geterotrof o'sishi. Urug'laming bo'kishi va nish urishida asosiy o'rinni mRNK egallaydi. Bular murtakning shakllanishi va yetilishi paytida zahira sifatida yig'ilgan RNK molekulalaridir. Urug' o'sishining uchinchi bosqichida o'simtaning va ildizning o'sishi DNK sintezi bilan bog'liqdir. Bu odatda urug' bo'kkanidan so'ng 1,0-1,5 sutkadan keyin bo'ladigan jarayondir. Shuning bilan birgalikda urug'dagi zahira moddalarning o'suvchi qismlarga ko'plab oqishi boshlanadi va hujayralarning cho'zilishi boshlanadi hamda ildiz va o'simta poyasida cho'zilish zonalari vujudga keladi. Ildiz cho'zilish zonasidagi rizoderma qismida ildiz tukchalari paydo bo'ladi. Ildiz tukchalarining uzayishi ustki qismning hisobiga bo'ladi. Ildiz tukchasining ildiz qinchasi bilan uzunligi 1-2 mm atrofida, ammo ildizning cho'zilish zonasining uzunligi 5-7 mm. O'simliklar hujayralarining o'sishi va rivojlanishi bosqichlari. Bular embrional, cho'zilish, differentsiyalanish hamda qarish va o'lish bosqichlaridir. Embrional faza.O'simlikning o'sish nuqtasida birlamchi meristema-embrional to'qima joylashgan. Shuni aytib o'tish kerakki, ildizni o'sish nuqtasi-1 sm bo'lsa, poyaning o'sish nuqtasi 4-25 sm atrofida. Hujayralar mayda bo'lib ularning po'sti yupqa, yadrosi yirik va protoplazmali, lekin vakuolasi yo'q. Bu davrda hujayraning massasi oshadi ammo uning hajmi o'zgarmaydi. Embrional davrning hujayralariga hosil qiluvchi to'qima hujayralarining va poya hamda ildizning meristema to'qima hujayralari misol bo'ladi. Ular to'xtovsiz bo'linish xususiyatiga ega va doimiy ravishda yosh hujayralarni hosil qiladi.
Cho'zilish fazasi.O'sish nuqtasining ostidagi embrional hujayralar cho'zilish fazasiga o'tganida hujayralarda ko'plab mayda vakuolachalar paydo bo'ladi. So'ngra ular qo'shilib bitta yirik vakuolani hosil qiladi. Shuning bilan birgalikda hujayra ham kattalashadi va hajmi bir necha yuz barobar ortadi. Shuningdek hujayra po'sti komponentlarining hisobiga hujayra qobig'i qalinlashadi. Hujayraning bunday kattalashish darajasi auksin fitogormoniga bog'liq chunki u yirik molekulyar biopolimer moddalar sintezini oshiradi. Cho'zilish oxirida o'sish ingibitori bo'lgan abstsizat kislotaning miqdori ko'payib, auksin miqdori esa aksicha kamayadi.
Differentsiyalanish fazasi. Ushbu bosqichda hujayralar o'rtasida maxsus sifatiy belgilar hosil bo'ladi va har bir hujayra. maxsus ish bajaruvchi to'qima guruhlariga ajraladi. Bunday to'qimalarga biz mexanik, qoplovchi, o'tkazuvchi va asosiy parenxima hamda boshqalarni misol qilishimiz mumkin. Qarish va o'lish bosqichi. Bu bosqich differentsiyalashgan hujayralar ontogenezining oxirgi bosqichidir. Buni biz qari barg va gul yaproqlarida yaxshi kuzatishimiz mumkin (XII.6-rasm). Ushbu davrda, o'simlik hujayralarida parchalanish (gidrolitik) jarayonlar ustunlik qila boshlaydi. Shuningdek organoidlar tuzilishida ham o'zgarishlar paydo bo'ladi va ingibitorlar miqdori ortadi. Membrananing tanlab. o'tkazuvchanligi xususiyati yo'qolishi bilan birga uning moddalarni yutishi va tutib qolishi xossalari batamom yo'qoladi. Buning natijasida esa oxir-oqibatda hujayra nobud bo'ladi.