Soʻlak bezlaridan ajralib chiqadigan so‘lak og‘izda oziqni namlaydi. So‘lak tarkibidagi fermentlar ovqat tarkibidagi kraxmalni kimyoviy parchalashni boshlab beradi. Oshqozonosti bezi ishlab chiqargan fermentlar ichakka quyiladi, oqsillar va uglevodlarni parchalaydi (5.18-rasm).
Jigar qorin bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, o‘t suyuqligi ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik o‘t pufagida to‘planib, o‘n ikki barmoq ichak bo‘shlig‘iga chiqariladi. O‘t suyuqligi ovqat tarkibidagi yog‘larning hazm bo‘lishida qatnashadi. Bundan tashqari, jigar organizmni turli xil zaharli moddalardan himoya qiladi. Jigar qonni filtrlab, zaharli moddalardan tozalaydi (5.18-rasm).
Inson salomatligi ko‘p jihatdan iste’mol qilayotgan oziq-ovqatining sifatiga va ovqatning ovqat hazm qilish organlarida hazm bo‘lishiga bog‘liq.
Qo‘shimcha moddalar bilan boyitilgan, gazli yoki yarim tayyor mahsulotlarni qabul qilish inson salomatligiga va ovqat hazm qilish organlarining ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Inson salomatligi tishlarni toza saqlashga ham bog‘liq. Xususan, tishlarda yong‘oq yoki danaklar chaqish, qattiq konfetlarni chaynash, issiq ovqatdan so‘ng birdaniga sovuq suv ichish yoki muzqaymoq yeyish mumkin emas. Tishlar oralig‘ida qoladigan ovqat qoldiqlari
mikroblarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Ovqat qoldiqlaridan tozalash uchun har kuni uyquga yotishdan oldin tishlarni yuvish, ovqatdan so‘ng og‘izni iliq suv bilan chayish zarur. Tish cho‘tkasini sovun bilan yuvib, qaynoq suvda chayib turish lozim. Gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganida tishlarning emal qavati yemirilib, turli darajada kasallanadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 10 minut:
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilar bilan mashqlarni bajarishdan foydalanamiz. Bu metod qiziqarli hamda diqqatni tezda jamlashga yordam beradi. Xotirada uzoq muddat saqlashni ta’minlaydi.
Quyidagi rasmdan foydalanib tirik organizmlar qanday oziqlanishini tasvirlab bering.
“Oziqlanish shakllari” nomli sxemaga kerakli so‘zlarni mos ravishda joylashtiring.
Dostları ilə paylaş: |