Amaliyot rahbari: Ro’ziboyev Xaydarali
Toshkent – 2023
Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi Ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazishdan asosiy maqsad talabalarning auditoriyadan tashqari, mustaqil ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda misol va masalalar yechishda ularni zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, malakaviy amaliyotlarning turlarini belgilash va tashkil qilishda talabalar tomonidan ta’lim standartlarida belgilangan kasbiy-amaliy ko‘nikmalarga bosqichma-bosqich erishishdan iborat.
Ishlab chiqarish amaliyotning asosiy vazifalari: - amaliyot ishlarini olib boruvchi talabalar tomonidan egallangan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va olgan bilimlarini chuqurlashtirish;
- barcha talabalarda kasbiy-amaliy malaka va ko‘nikmalarni tarkib topshtirish, kasbiy
muammolarni aniqlash, tahlil qilish va hal etish usullari, uslublari va texnologiyalari bilan tanishish va egallash;
- hozirgi davrda fan va texnika yutuqlarining joriy etilish darajasi bilan tanishish va o‘rganish;
- korxona, tashkilot yoki muassasaning ilg‘or ish tajribalari, boshkaruv tizimi,
marketing faoliyati, fan va texnika yutuqlarining joriy etilish darajasi bilan tanishish va o‘rganish;
- kasbiy faoliyatining ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik pedagogik, gigienik va h.k. tomonlarini o‘rganish;
- korxoan ichki tartib qoidalari va mehnat intizomi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish ko‘nikmasini tarkib toptirish;
- tanlangan kasbiy qiziqish, hurmat, faxr hissiyotlarini tarbiyalash, amaliyotdan keyin o‘tiladigan fanlarni o‘zlashtirishga ongli ravishda yondashishlariga erishish.
Ishlab chiqarish amaliyoti davomida talabalar auditoriyadan tashqari, tabiiy ishlab chiqarish sharoitlarida quyidagilarni o‘rganadilar va egallaydilar:
- korxona, tashkilot va muassasalarining ish faoliyati;
- ishlab chiqarish texnologiyasi;
- ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish;
- ishlab chiqarish samaradorligini va effektivligini oshirish imkoniyatlari va yo‘llari o‘rganish;
- ish ob’ektining jihozlanishini, moddiy-texnik bazasi, axborot texnikalari, asbob
Uskunalari
Men Paxriddinova Malika ishlab chiqarish amaliyotini Toshkent viloyati Parkent TTBda olib bordim. Amaliyot 08.05.2023 dan boshlab 03.06.2023-gacha davom etdi Biofizika kafedrasida tasdiqlangan soatga berilgan kalendar reja bilan tanishib ishlab chiqarish amalyoti kundaligini to’ldirish tartibi bilan tanishib chiqdik.
Amalyaotning birinchi haftasida (08.05 – 13.05) amaliyot o’tash joyimga bordim va menga biriktirilgan amaliyot rahbarim Maxkamov Toxir bilan tanishdim. Laboratorya xonalarini amaliyotga tayyorlash va labarotorya ishlari bilan tanishdik. Laboratorya ishlaridan oldin texnika havfsizligi qoidalari bilan tanishdik • Maxsus kiyim. Laboratoriyada ishlashda tana va kiyimlarni kimyoviy reaktivlar ta’siridan har tomonlama himoya qilish lozim. Laboratoriyada faqat xalatda ishlash mumkin. Shuningdek, individual himoya vositalari, fartuk, qalpoq, rezina qo‘lqoplar, ko‘zoynak va protivogazlardan foydalaniladi. Har bir laboratoriya xodimi o‘z ish stolida tozalikka va tartibga rioya qilishi lozim. Laboratoriyada tinchlikni saqlab, astoydil, ozoda, shoshmasdan ishlash kerak. Ish joyini sumka, portfel, ortiqcha narsalar bilan to‘ldirib tashlash mumkin emas.
• Yong‘in xavfsizligi choralari. Isitish asboblari va yonuvchan reaktivlardan
to‘g‘ri foydalanilganda yong‘in xavfi minimal darajagacha pasayadi. Biroq har bitta laboratoriyada yong‘in vaqtida kerakli choralarni ko‘rish uchun maxsus anjomlar: o‘to‘chirgich, qum solingan idish va belkurakcha bo‘lishi lozim. Ish boshlashdan oldin laboratoriya asbob va apparatlarining tuzilishi va ta’sir prinsiplari bilan tanishish lozim.
- O‘qituvchining ko‘rsatmasisiz hech qanday qo‘shimcha tajribalar o‘tkazmang.
- Laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalaniladigan elektr asboblari lokal tebranishli
elektromagnit nurlanish va issiqlik hosil qiladi. Ular bilan ishlashda ularni nazoratsiz qolmasligiga e’tibor bering.
- Ish oxirida suvni, elektr isitish asboblari va uskunalarini o‘chirish kerak.