Lobaratoriya mashg'uloti - 2 Mavzu: Turning morfologik mezonlarini o'rganish Maqsad: Ta'lim muassasalari atrofida keng tarqalgan ikki xil tur yoki uning gerbariysi, yoki kolleksiyasidan foydalanib turning morfologik mezoni bilan tanishish. turga xos morfologik belgilarni aniqlay olish, morfologik mezonga ko'ra individlarning bir turga yoki har xil turga mansubligini aniqlash.
Jihоzlаr: 2 ta turga mansub o'simliklarning 3-5 tadan gerbariysi yoki tirik na'munalari.
Ishni bajarish tartibi:
1.O'simlik na'munalarini diqqat bilan o'rganing.
2.O'simliklarni morfologik mezon asosida turlarga ajrating.
3.Har bir turga morfologik tavsif bering.
4.Har bir turga mansub o'simliklarning ildizi, poyasi, bargi, gulkosa, gultojbargi, mevasining shakli va rangiga e'tibor bering?
5.O'simlik tipidagi gul va mevalar soni, ularning rangi va shakliga ahamyat bering.
6.Jadvalni to'ldiring:
7.Nima uchun organizmlarning qaysi turga mansubligini aniqlash uchun barcha mezonlardan foydalanish zarur? Nima uchun morfologik mezon turlarni aniqlashda asosiy o'lchov bo'la olmaydi?
8.Morfologik mezonning nisbiy ekanligiga misollar keltiring?
9.Kuzatganingiz asosida xulosa chiqaring?