Topshiriq 1. Dukkakli don ekinlari bargining tuzulishi, bargchalarining yirik- maydaligi va shakliga qarab guruhlari.
2. Xashaki ko’k no’xat bilan ko’k no’xat barglarining farqi.
3. Yasmiq va burchoq barglarining farqi.
4. Sertuk vika bilan ekma vika barglarining farqi.
5. Maxalliy loviya bilan oddiy loviya barglarining farqi.
9-Amaliy mashg’ulot:Dukkakli va qo`ng`irboshli o`tlarning fenologiyasi. Dars maqsadi: Dukkakli va qo’ng’irboshli o’tlarni fenologik kuzatishni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Qo’ng’irboshli yem-xashak o’tlarining gerbariylari, urug’lari va o’simliklaridan namunalar, o’simliklar aniqlagichi, rangli rasmlar, jadvallar, tarqatma materiallar, darslik hamda uslubiy ko’rsatmalar.
Ishni borishi: Bu guruhga mansub bo’lgan yem-xashak o’tlarining barchasi bitta, ya’ni qo’ng’irboshlilar (Poaceae) oilasiga mansub. Ular dunyoning ko’plab mamlakatlarining chorva oziqachiligida katta ahamiyat kasb etadi. Qo’ng’irboshli o’tlardan turli to’yimli chorva oziqalari olishda yaylovlar barpo etishda keng qo’llaniladi. Ularning ko’p yillik vakillariga quyidagilar kiradi:
Suvbug’doyiq- ushbu oila vakillari ichida eng keng tarqalgan vakillaridan biri. U qurg’oqchilikka chidamli va yaxshi o’tmishdosh bo’la oladigan ekin. Bu ekindan madaniy yaylovlarni yaratishda, qum va jarliklarni mustahkamlashda ishlatiladi. Boshoq tortish davrida tayyorlangan 100 kg pichanida 57 ozuqa birligi, 6 kg hazm bo’ladigan protiyen, 16% oqsil, 3% yog’ va 47% AEM mavjud. Suvbug’doyiq ko’p yillik yem-xashak o’ti bo’lib, undan bir maydonda 8-10 yil foydalanish mumkin. Hosildorligi o’rtacha 30-40 sentner. Suvbug’doyiqning erta bahordagi qayta o’sishi 6-7 0 S bo’lganda kuzatiladi. Ildizi 10-23 0 S da yaxshi rivojlanadi. U almashlab ekish dalasida g’alla, dukkakli don ekinlari, ertagi va kechki sabzavotlardan keyin kuz yoki yozda ekiladi.
Erkak o’t-bu o’simlikning turlari ko’p, ammo shulardan sinuvchan, sahroli, qobirg’ali kabi turlari keng tarqalgan. U dala va o’tloq oziqachiligida asosiy oziqabop o’tlar qatoriga kiradi. Serhosil hamda to’yimli yem-xashak o’tlaridan biri. Uning 100 kg yashil oziqasida 22, 9 oziq birligi, 0, 9 kg hazm bo’luvchi oqsil, 68,8 foiz suv, 2,8 foiz protein, 11,3 foiz to’qima va 14,6 foiz AEM. 100 kg pichanida esa 50 o. b. 5,3 kg hazm bo’luvchi oqsil bor. Erkak o’tni makkajo’xori bilan qo’shib siloslash ham mumkin. Erkak o’t bir yerda 7-10 yilgacha o’sadi va o’rtacha har gektar maydondan 30-40 sentner pichan hosili beradi. U qishga o’ta chidamli (- 45 0S) o’simlik bo’lganligi tufayli siyraklashib ketmaydi.