«biologiya» kafеdrasi


-Amaliy mashg’ulot:Morfologik belgilarga asoslanib sholining kenja turlarini aniqlash



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə5/25
tarix24.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#102053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
AMALIY MASHG\'ULOT 2023 o\'SIMLIKSHUNOSLIK

4-Amaliy mashg’ulot:Morfologik belgilarga asoslanib sholining kenja turlarini aniqlash.
Dars maqsadi: Talabalarga sholining morfologik belgilariga asoslanib kenja turlarini aniqlash.
Kerakli jihozlar: Sholi o’simligining doni, har xil turga oid urug’lar, tarozi, lineykalar.
Ishni bajarish tartibi: Sholi (Oryza)-boshoqdoshlar (g‘allagullilar oilasi)ga mansub bir va ko‘p yillik o‘simliklar turkumi, 19 turi bor. Madaniy turi-ekma sholi. (O Sativa) bir yillik o‘simlik. Ildizi popuk ildiz, uzun (1 ya gacha). Poyasi poxolpoya, 50 sm dan 3-5 m gacha. Asosan, 3-5, siyrak ekilganda va ko‘p oziqlantirilganda 50 va undan ortiq poya chiqaradi. Yetib qolmaydigan navlarining poyasi mustahkam. Bargi yashil, qizg‘ish yoki binafsha rang, to‘pguli shingil, bo‘yi 10-30 sm. Bir gulli boshoqchalari 2 tartib shoxchalarida joylashgan. Mevasi pust (parda)li don; yapon sholisi dumaloq va enli, hind sholisi uzun, ensiz; sindirilganda oq, shishasimon, yarim shishasimon yoki unsimon; 1000 donasi 26-45 g.
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Sholi yer sharida oziq-ovqatga ishlatiladigan qimmatli don ekinlaridan biri hisoblanadi. U ekin maydonining kattaligi jihatidan (147 mln. gektardan ko‘proq) ikkinchi o‘rinda turadi, yalpi hosili bo‘yicha bug‘doydan keyinda turadi. Sholi 60 dan ortiq mamlakatda eqiladi, yer shari aholisining yarmidan ko‘prog‘i guruch iste’mol qiladi. Yanchilganda 60-65 foiz guruch, 10-15 foiz kepak va guruch mo‘rtagi, 20-25 foiz qiltiq va boshqalar chiqadi. Oqlangan sholi xushta’m, yengil hazm bo‘ladi, parhyoz ovqat hisoblanadi. Qaynatilgan guruchi esa shifobaxsh xususiyatga ega. Sholi kraxmali to‘qimachiliq parfyomeriya va medisina sanoatida xom ashyodir. Guruch mo‘rtagidan sovun pishirish va sham ishlab chiqarish uchun moy olinadi. To‘yimliligi bo‘yicha u bug‘­doy somonidan ustun turadi. 1 kg poxoli 0,24 oziq birligiga teng bo‘lib, tarkibida 22 g protein bor.
Sholi, don ekinlari ichida eng serhosili hisoblanadi. Yer sharida o‘rtacha hosildorlik 41,1 s ni, mamlakatimizda esa 33,6 s ni tashkil etadi. Eng yoqori hosil yer yozida Aqshda bo‘lib, o‘rtacha hosildorlik 55 s ni tashkil qiladi. O‘zbekistonda sholi asosan Xorazm va Qoraqalpog‘istonda ekilib, 170 ming/ga maydonni eg‘allaydi. Yer sharining barcha rivojlangan mamlakatlarida sholi ekib kelinadi. Yaponiyada 135 mln/ga, Hindistonda 122 mln/ga sholi yetishtiriladi. Sholining vatani Janubiy sharqiy Osiyoning tropik va subfopik mintaqasi hisoblanadi. Osiyo mamlakatlarida juda qadimdan, ya’ni eramizdan 5-6 ming yil burun ekib kelinayapdi.
Ekma sholi bahorgi, issiq sevar o‘simlik vegetasiya davri 90-165 kun. Urug‘i tuproq harorati 10-12°C da unib chiqadi; 22-27°C da yaxshi o‘sib rivojlanadi. Sholi sug‘orib o‘stiriladi. To‘planish, naychalanish fazalarida 5- 25 sm qalinlikda suv bostiriladi. Mum pishiqlik davrida suv chiqarib tashlanadi. Sholi qora, kashtan, botqoq tuproqlarda o‘sadi.
O‘zbekistonda o‘g‘itlashda nav xususiyatiga qarab gektariga 200 kg N, 90-120 kg P, 100-150 kg K solinadi. Aprelda, asosan, qatorlab 1-2 sm chuuqurlikda eqiladi. Gektariga 5,5-7,5 mln. dona don sarflanadi. Parvarishi: sharoitga qarab sug‘oriladi (cheklar 5-10 sm qalinlikda suv bilan to‘ldiriladi), begona o‘tlar yo‘qotiladi, oziqlantiriladi. Sholi alohida hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri kombayn bilan o‘rib yig‘ib olinadi. Zararkunandalari: sholi pashshasi, sholipoya uzunburuni va boshqalar; kasalliklari: pirikulyarioz, chirish, gelmintosporioz, nematoda kasalliklari va boshqalar. Navlari(1-Rasm). Tolmas. O‘suv davri 115-120 kun, 1000 ta urug‘ining vazni 29-30 g, oqsil miqdori 8-9 foiz, hosildorligi gektariga 81-83 s. Avangard. O`suv davri 86-111 kun, 1000 dona urug‘ vazni 30-32 g, oqsil miqdori 9-19 foiz. Nukus 2. O‘suv davri 124 kun. 1000 dona urug‘ vazni 28- 30 g, oqsil miqdori 8-9 g hosildorligi 62-65 s.
O‘zbekistonda keyingi yillarda sholining olimlar tomonidan (Ye. P. Gorelov va R. Xudoynazarova) suvga kam talabchan navlari o‘rganilmoqda. Tajribalar natijasidan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, sholi navlarini suv bilan bostirib sug‘ormasdan makkajo‘xorini sug‘organdek tez-tez sug‘orib ham hosil olish mumkin. Bu borada Jomboy tumanida olib borilgan tajribalarimiz ham suv bilan bostirmay turib hosil olish mumkinligini ko‘rsatdi.
Sholi bostirib sug‘orilganda bir gektar yer 35-40 ming mkub suv sarflaydi, oddiy usulda sug‘orib o‘stirilganda suv sarfi gektariga 12-13 mnng mkubni tashkil qiladi. O‘zbekistonda, suv tanqis mamlakatlarda sholining suvga kam talabchan navlarini ekib ustirib, ularning seleksiyasi va texnologiyasi ustida ilmiy ishlar olib borish kerak. Yer sharining ko‘pgina sholi ekadigan mamlakatlari - Xitoy, Birma, Yaponiya va boshqalarda ana shunday sholi navlari ekiladi. Issiqqa talabchan. Sholi issiqqa talabchan bo‘lib, urug‘lari 11 - 12°C da una boshlaydi, ammo unib chiqish cho‘zilib ketadi. 14-15°C maysalar tez hosil bo‘ladi. To‘plash fazasida harorat 15-18°C dan yoqori bo‘lishi kerak, gullashda 20-22°C, dastlabki pishish davrida harorat 23-25°C dan yoqori bo‘lishi kerak. Rivojlanishi uchun yoqori harorat 40-42°C, eng qulay harorat 30-32°C hisoblanadi. Sholi mo‘tlaqo sovuqqa chidamsiz, foydali harorat yig‘indisi erta pishar navlarga 2200°C, o‘rta pishar navlarga 2700°C. Kech pishar navlar uchun 3200"S, o‘suv davri - 90-140 kun. Sholi urug‘larini ekishdan oldin bir qator agro­texnik tadbirlar o‘tkaziladi. Maysalar chiqishini tezlashtirish uchun sholi urug‘i ekish oldidan ivitiladi yoki undiriladi. Bunda urug‘ suvda (18-20°C) 2-3 kun saqlanadi, keyin sochiladigan bulguncha qo‘g‘itiladi. Urug‘ni undirish uchun 24-26°C haroratli suvda 24 soat saqlab, keyin nish urguncha 24-28 soat davomida saqlanadi. So‘ngra sochiladi­gan bo‘lgancha qo‘g‘itish uchun Salqin joyga yupqa qilib yeyib qo‘yiladi, chunki ochiq joyda quyish nurlari nish otgan urug‘ni nobud qiladi. Urug‘ni undirishda formalin eritmasi bilan yarim quruq dorilash (1 tonna uruqqa 30 l, 0,5 foizli aritmahisobidan) usuli qo‘llaniladi.
Urug‘ning sifatini yaxshilash va biologik jihatdan to‘la qimmatli hamda vaznli sholi fraksiyasini ajratib olish uchun sholi urug‘i ammoniy sulfatning to‘yingan eritmasiga solinib. solishtirma og‘irligi bo‘yicha saralanadi, Bunda 27 qism NHSO, 100 qism suvda eritiladi. Himjofl don va begona o‘tlar urug‘i eritma holiga chiqadi, sholining bo‘liq doni esa (solishtirma og‘irligi 1,16 va undan ortiq) cho‘kadi. Sholi eng kech ekiladigan ekin.Tuproq harorati 14- 15°C gacha isiganda ekishga kirishiladi. Ekishdan oldin urug‘lar dorilanadi. Bu, bizda aprelning oxiri may oyining boshlariga to‘g‘ri keladi. Sholi urug‘lari 0,5-1 sm chuqurlikda tashlanadi va darhol 6-8 sm qalinlikda suv bosti­riladi. Maysalap unib chiqqandan so‘ng gerbisid bilan ishlanadi. Tomorqa xo‘jaliklari va dehqon fermer xo‘jaliklarida sholi suv bostirilgan poyalarga sochib ekiladi. Ekish me’yori gektariga 5-6 mln don urug‘i tashlanadi yoki 180-220 kg. Keyingi paytda Respublikada sholini ko‘chatlari orqali ekish joriy etilmoqda. Bu usulni bug‘doydan keyin ang‘izga ekish paytida qo‘llash yaxshi samara beradi. Ko‘chat usulida yetishtirish ko‘pchilik Osiyo mamlakatlarida qo‘llaniladi yoki dunyoda ekiladigan sholining 80- 85% shu usulda ekiladi. O‘zbekistonda ham kuzgi arpa va ertapishar bug‘doylardan so‘ng sholini ko‘chat usulida o‘stirib hosil olish tajribasi isbotlandi. Avval urug‘lar maxsus ko‘chatxonalarda o‘stiriladi. Ko‘chatxonalarga 20-25 maylarda sholi urug‘lari ekiladi va 25-30 iyingacha parvarish qilinadi. Ko‘chatxonalardagi ko‘chat sholilar to‘plash fazasida dalaga o‘tqaziladi. Buning uchun bir gektariga 20-22 mln, dona yoki 650-750 kg sholi urug‘i sepiladi. Ko‘chatxonada tuproq oziqa bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lishi va sholi ekilgandan so‘ng ham sug‘orilib, oziqlantirib turiladi.
Sholini sug‘orish va parvarish qilish. Sholini turli sug‘orish rejimida yetishtirish mumkin. Odatda, doimiy, qisqa muddatli, bo‘lib va vaqti vaqti bilan suv bostirib sug‘orish usuli bor. Doimiy suv bostirish. Bunda suv qatlami sholining butun o‘suv davri mobaynida hosil qilinadi va saqlanadi. Maysalar to‘liq chiqquncha poyalarga 8-10 sm qalinlikda suv qo‘yilmaydi, sholi o‘sgan sayin suv qalinligi asta-sekin 12-15 sm gacha oshirib boriladi va sholi yetilguncha shu holda saqlanadi, shundan keyin asta- sekin chiqarib yoboriladi. Gerbisidlar past bo’yli begona o‘tlarga yaxshi tegishi uchun ularni purkash vaqtida dalada suvning sathi 3-5 sm gacha pasaytiriladi. Sholini sug‘orish me’yori yoqori bo‘lib, ham qatlam osti suv o‘tkazmaydigan og‘ir tuproqli yerlarda gektariga 10000- 12000 m bir oz yengil tuproqli yerlarda 18000-20000 m va undan ham ko‘proq suv sarflanadi.Qisqa muddatli suv bostirish. Yerda nam yetarli bo‘ladigan tumanlarda sholi 4-5 sm chuqurlikda ekiladi va yetarlicha maysalangan hamda gerbisidlar bilan ishlov berilgandan keyin dalaga 6-8 sm qalinlikda suv bostiriladi. Hamma o‘simliklar yer yuzasiga chiqqanda, suv qatlamining qalinligi asta-sekin 12-15 sm gacha oshiriladi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin