«biologiya» kafеdrasi


Kalta donli sholi kenja turi



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə6/25
tarix24.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#102053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
AMALIY MASHG\'ULOT 2023 o\'SIMLIKSHUNOSLIK

Kalta donli sholi kenja turi (brevis) ning doni kalta , ko’pi bilan 4 mm bo’ladi. Janubiy-sharqiy Osiyoda tarqalgan. Bizda uchramaydi.
Hind sholisi kenja turi (indica) ning doni uzun, ingichka va kambarg bo’ladi, doni bo’yining eniga nisbati 3:1 va bundan ko’proq keladi. Bu kenja turning navlari asosan tropiklarda tarqalgan, ular qiltiqsiz yoki bir oz rivojlangan qiltiqli bo’ladi. Barglari enli, yuqorigi bargi poyasi bilan o’tkir burchak hosil qiladi.
Xitoy-yapon kenja turi (shina-japonica) donining enli va yo’g’on, yumaloq bo’lishi bilan farq qiladi, doni bo’yining eniga nisbati 1,5:1 dan 2,9:1 gacha yetadi. Barg plastinkalari nisbatan ensiz, rangi ancha to’q. Yuqorigi bargi poya bilan birga to’g’ri burchak hosil qiladi. Bu kenja turning eng ko’p navlari MDH da tarqalgan. Sholining yuqorida aytib o’tilgan kenja turlari 150 ga yaqin tur xilini o’z ichiga oladi (Gushchin, 1938). Xind sholisi va ayniqsa xitoy -yapon sholisi kenja turlarining ikki guruh tur xili bor, ular donining konsistensiyasi bilan ximiyaviytarkibi har xil bo’ladi.
Sholi turi xillarini aniqlagich. Xind kenja turlari- indica.
A. Boshoqcha qipiqlari kalta. 1. Gul qobiqlarinig uchi tumshuqcha ko’rinishda bukilgan.1. Boshog’i qiltiqlar yo’q. Mevasi oq. Gul qobiqlari soni rang sariq .... var. mutica Vav. Gul qobiqlari qizil (qizg’ish) …. Var. rubriglumetta Gust.
2. Boshog’i qiltig’i bor. Mevasi oq. Gul qobiqlari bilan qiltiqlari somon rang sariq.... var. Aristata Vav. Gul qobiqlari ikki xil tusda: qovurg’alari somon rang sariq, qirralari qo’ng’ir-sariq, qiltiqlari somon rang sariq…. Var, rafibarbes Gust.
II. Gul qobiqlarining uchi tumshuqcha shaklida bukilmagan- to’g’ri. 1. Boshog’i qiltiqsiz. Mevasi oq. Gul qobiqlari va qiltiqlari somon rang sariq….var. gilanica Gust. Gul qobiqlari ikki xil tusda: qovurg’alari somon rang sariq, kirralari qo’ng’irga yaqin….var.dicolorata Gust. Gul qobiqlari jigar rang-qizil….var. gondica Gust.
Xitoy-yaponkenja turi- shina-japonica.
2. Boshog’i qiltiqli.
Mevasi oq. Gul qobiqlari va qiltiqlari somon rang sariq … var. Vulgarls Korn. Gul qobiqlari somon rang sariq, qiltiqlari kungiz-qizil…var.erythroceros Korn. Gul qobiqlari va qiltiqlari jigar rang ….var. amaura Alef. Gul qobiqlari somon rang sariq, qiltiqlari tuk binafsha rang…var janthoceros Korn. Gul qobiqlari va qiltiqlari qizil …var rubra Korn. Gul qobiqlari ikki xil tusda: qovurg’alari somon rang sariq, kirralari qo’ng’ir-sariq, qiltiqlari somon rang sariq…var. dichroa Bat. Gul qobiqlari va qiltiqlari ikki xil tusda: qovurg’alari somon rang sariq, kirralari qo’ng’ir- sariq, qiltiqlari to’q binafsha qo’ng’ir rangda…var vavilovi Brsches .Gul qobiqlari qora, qiltiqlari ham qora… var. melanotrix Alef.
Hosilni yig‘ish. Sholi ro‘vagida dastlab yoqorigi boshoqchalar yetiladi. Sholi asosiy poya ro‘vagining o‘rta qismi boshoqlaridagi don to‘liq yetila boshlaganda o‘riladi. Bu vaqtda 60-70 foiz don to‘liq yetilgan bo‘ladi. Sholi don to‘g‘ridan to‘g‘ri kombaynlar bilan yig‘ib olinadi, ba’zan avval sholilar o‘rib yetqizilib, qurigandan keyin yanchilib olinadi. Birinchi yanchishda olingan don ancha yirik yetilgan va kam shikastlangan bo‘ladi. Ikkinchi yanchishda olingan don tovar sifatida ishlatiladi. Sholining namligi yoqori (15 foiz dan ortiq) bo‘lsa, unuvchanligini tez yo‘qotadi, shuning uchun yanchilgandan keyin darhol yaxshilab tozalab, nam­ligi 11 - 12% ga kelguncha quritish kerak.
Topshiriq
1. Sholining kenja turlari.
2. Sholining rivojlanish fazalari.
3. Sholining morfologik tuzilishi.
4. Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
5. Sholini sug‘orish va parvarish qilish.
6. Ko‘chat sholilarni parvarishlash.
7. Sholini o`g`itlash.


Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin