Biologiya o'qitish metodikasining maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 17,46 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü17,46 Kb.
#166819
  1   2   3
Biologiya o\'qitish metodikasining maqsadi va vazifalari reja-www.fayllar.org


Biologiya o'qitish metodikasining maqsadi va vazifalari reja


BIOLOGIYA O'QITISH METODIKASINING MAQSADI VA VAZIFALARI


REJA:
1. Tabiatshunoslik o’qitish metodikasining dastlabki davri.:

2. XX asrda biologiya o’qitish metodikasining holati.


3. Uzbekistonda biologiya o’qitish metodikasi.
1.Tabiatshunoslik o’qitish metodikasining dastlabki davri. Tabiatshunoslik maktablarga o’quv fani sifatida 18- asr oxirida kiritilgan. Bu sohada dastlabki darslikni V.F.Zuyev yozgan. Uning darsligi "Anorganik tabiiyot", "O’simliklar dunyosi", «hayvonlar dunyosi» kabi bo’limlardan tashkil topgan. Birinchi bo’lim tuproq, toshlar, tuzlar, yonilg’i moddalar, toshga aylangan organizmlar haqidadir. O’simliklar dunyosi bo’limida esa o’simliklarning hujayraviy tuzilishi, har xil o’simliklarning tasnifiga oid bilimlar berilgan.Zoologiya bo’limida ayrim hayvonlarning tashqi qiyofasi, hayot kechirishni hikoya qilinadi.V.F.Zuyev darsligida o’simliklar, hayvonlar morfologiyasi, sistemasidan tashqari ekologiyaga oid ma’lumotlar bor. Darslikda tabiiy, tasviriy ko’rgazmali qurollardan foydalanish haqida ham fikr bildirilgan.
X1X asrda nashr qilingan A.Sh.Teryayev botanika darsligi sistematika fanining asoschisi Karl Linneyning "Botanika falsafasi" asaridan to’liq ko’chirilganligi sababli o’quvchilar uchun tushunarli bo’lmadi. 1828-1852 yillar mobaynida halq ta’limi sohasida isloh o’tkazilib , Tabiatshunoslik o’quv fani maktab rejasidan olib tashlandi.
Lekin keyinchalik 1853 yildan boshlab maktablarda qayta «tabiat haqida umumiy tushuncha», «zoologiya», «botanika», «mineralogiya», «odam anatomiyasi va fiziologiyasi» kabi fanlar o’qitila boshladi.
19 asrning ikkinchi yarmiga kelib Ch.Darvinning organik olam evolyutsiyasi to’g’risidagi ta’limoti e’lon qilingandan keyin olimlardan A.N.Beketov, K.A.Timiryazev maktab Tabiatshunoslik o’quv fanini asosiy vazifasi o’quvchilarning mantiqiy tafakkurni rivojlantirish va tarbiyalashdan iborat ekanligini e’tirof etdilar.
A.N.Beketov o’quvchilarning mustaqil ravishda mantiqiy tafakkurini rivojlanishida Tabiatshunoslik muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd kiladi. U Tabiatshunoslikni o’qitishda qo’rgazma qurollardan keng foydalanish, tajribalar olib borish nihoyatda muhim ekanligini ta’kidlaydi. A.L.Gerd X1X asrning Tabiatshunoslikning yirik metodisti sanaladi. Uning qayd etishicha maktab Tabiatshunoslikining asosiy maqsadi o’quvchilarga rivojlantiruvchi bilim berishdan xamda bilim olishdagi ularning mustaqilligini taraqqiy etdirishdan iboratdir. A.L.Gerd faoliyatida darslarda tajribalarni namoyish qilish, ekskursiyalar o’tkazish, amaliy mashg’ulotlar olib borish muhim o’rin tutadi. A.Ya.Gerd Darvin tomonidan asoslangan evolyutsion nazariya ta’sirida bo’lgan va o’z darsliklariga evolyutsion prinsipini joriy etgan.
U maktab Tabiatshunoslik kursi:
1. Anorganik dunyo; 2.O’simliklar dunyosi; 3. «Hayvonot dunyosi», «Odam», «Yer tarixi» kabi o’quv fanlaridan tuzilgan bo’lishi kerak deb ta’kidlaydi. A.Ya.Gerd faoliyati tufayli Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogika fanining alohida ilmiy shaxobchasi sifatida e’tirof etila boshlandi.
2. XX asrda biologiya o’qitish metodikasining holati. XX asrdagi biologiya o’qitish metodikasiga V.V.Polovsov katta hissa qo’shdi. U 1907 yili "Tabiatshunoslikning umumiy metodika asoslari" kitobini nashr qilib, unda metodikaga oid bilimlar sistemasini yoritdi. Polovsov darslikga kiritilgan o’quv material mazmuni birinchidan shakl bilan funksiyaning birligiga, ikkinchidan o’simlik va hayvonlar hayoti ularning yashayotgan muhiti bilan bog’liq holda o’rganilishiga, uchinchidan boy biologik ma’lumot beradigan organizmlarni o’rganishga asoslanishi kerakligini ta’kidlaydi. Bu jarayonda olim amaliy mashg’ulotlar, eskursiyalar nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib o’tadi. V.V.Polovsov birinchi marotaba fan bilan o’quv fani orasidagi o’xshashlik va tafovutni ochib beradi va bu sohada tadqiqot ishlar olib borish lozimligini ta’kidlaydi. 1917 yildan boshlab Tabiatshunoslik fani biologiya fani deb atala boshlandi. 1920-1930 yillar mobaynida biologiya o’qitishning asosiy muammosi bo’lib nazariya va amaliyotning birligini joriy etish hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun bilimlar va ko’nikmalar ya’ni o’quv materiali o’quv fanlarga taqsimlanmay, balki yil fasllarini e’tiborga olib dolzarb mavzularga, masalan «Tabiat», «Qishloq bilan shaharning bog’liqligi», «Yerdan hayot va hayotiy jarayonlarning fizikximik asoslari», «Ekish va o’simliklarni parvarishlash» kabi mavzularga taqsimlangan edi. Bunday kompleks dasturlar tabiiy ravishda o’quvchilarga sistemali bilim bera olmas edi, shunga ko’ra o’quv materialini laboratoriya metodi asosida o’rganish targ’ib kilina boshlandi. Natijada o’quvchilar sinf darslari o’rniga tabiatni kuzatish, tajriba o’tkazish bilan boshladilar. Laboratoriya metodi o’quv dasturining asosiy maksadi mehnat, tabiat va jamiyat kompleksni o’rganishdan iborat bo’lgan. Bu kompleks o’quv dasturlari maktablarda o’qitiladigan o’quv fanlari orasidagi to’siqni bartaraf qilishga qaratilgan edi. Lekin bunday kompleks o’quv dasturlari o’quvchilarga sistemali bilimlar bera olmasligi tezda ma’lum bo’lib qoldi. Shuning uchun 1931 yildan boshlab xukumat qarori bilan boshlang’ich va o’rta maktab isloh qilindi va ta’lim berishning asosiy tashkiliy shakli dars bo’lishi lozimligi uqtirildi. Shu paytdan boshlab maktablarda botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi, darvinizm o’quv fanlari maktab rejasiga kiritildi va ana shu o’quv fanlar bo’yicha o’quv dasturlari va darsliklari yaratildi, xamda maktab hayotiga joriy etildi. Biroq 1964 yilga qadar maktab darsliklaridagi bilimlar biologiya fanining 1930-40 yillaridagi rivojlanish xolatini yoritib keldi. Vaholanki didaktikaning ilmiylik prinsipiga ko’ra maktab o’quv fanlari o’z mazmuniga ko’ra fanning keyingi yutuklarini o’zida ifoda qilishi lozim edi. Rossiya va Uzbekistonda chiqarilgan biologiya darsliklarining biologiya fani yutuqlaridan orqada qolganligiga asosiy sabab shuki 1935-65 yillar mobaynida biologiya fanida qattiq g’oyaviy kurash davom etdi Yangi darslik bilan birga ularning o’qitish metodikasiga oid ko’llanmalar ham nashr qilindi.
Bular qatoriga prof. P.I.Borovitskiy tahriri ostida chiqqan "Biologiya o’qitish metodikasi" M.1962, prof.B.V.Vsesvyagskiyning “Biologiyaning umumiy o’qitish metodikasi" M.1960, N.M.Verzilin va V.M.Korsunskayalarning "Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi" M.1983, prof. I.N.Ponamaryova taxriri ostida nashr kilingan "Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi" M.2003 kabilarni kiritish mumkin.

Yüklə 17,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin