Biologiya o‘qitish metodikasining vazifalari Biologiya o‘qitish metodikasi Ushbu darslik pedagogika oliy o ‘quv yurtlarining «Biologiya»



Yüklə 18,83 Kb.
tarix20.12.2022
ölçüsü18,83 Kb.
#76552
BIALOGIYA O\'QITISH METODIKASI


Biologiya o‘qitish metodikasining vazifalari




Biologiya o‘qitish metodikasi
Ushbu darslik pedagogika oliy o ‘quv yurtlarining «Biologiya» bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda bo‘lg‘usi biologiya o‘qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini orttirish, ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, pedagogik faoliyat uehun zarur bo'lgan zamonaviy metodik bilim, ko'nikma va malakalarni tarkib toptirishga imkon beradigan biologiya ta’limi jarayonida pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, o'qitishni differensiallashtirish va individuallashtirish, rivojlantiruvchi ta ’lim, didaktik o'yin, muammoli, modulli ta’lim, hamkorlikda o'qitish, loyihalash texnologiyalaridan foydalanish, an’anaviy ta’lim texnologiyasini takomillashtirish masalalari o'rin olgan. Mazkur darslikdan ilmiy tadqiqotchilar, tabiiy fan o'qituvchilarining malakSsini oshirish va qayta tayyorlash kurs tinglovchilari ham foydalanishi mumkin. UBiologiya о‘qitish metodikasi fani bо‘yicha tayyorlangan ushbu kurs ham yuqorida yuritilgan muloxazalarga asoslangan. O’quv qo’llanmada VI bob asosida tuzilgan 29 ta ma’ruzadan iborat. Matnlarni tayyorlashda о‘zbek tilida chop etilgan darslik va qо‘llanmalar asos qilib olindi. Malaka talablari bilan birga ma’ruzalarda rus tilida chop etilgan darslik va qо‘llanmalar, shuningdek keyingi yillarda fan sohasida erishilgan yutuqlar ham matnda о‘z о‘rnini topgan. Ma’ruzalar matni о‘quv qо‘llanmalarga nisbatan ancha qisqa, ammo masalalar lо‘nda qilib keltirilgan. U yoki bu masala yuzasidan kengroq ma’lumot olish uchun albatta darsliklarga murojaat qilish shart. Buning uchun har bir ma’ruza oxirida mustaqil о‘qish uchun savollar keltirilgan. Ma’ruzalar ketma-ketligi о‘qituvchining xoxishiga kо‘ra almashtirishi mumkin. Ma’ruzalar matnida talabalar Biologiya о‘qitish metodikasi bо‘yicha hozirda ma’lum bо‘lgan qonun va qonuniyatlar, qoidalar va tadqiqotlar natijalari bilan tanishib qolmay, balki hali yechilmagan, hal qilinishi zarur bо‘lgan muammolar bilan ham tanishadilar va bu о‘z navbatida ushbu sohaga yangi, yosh talantlarni kirib kelishiga yо‘l ochadi. Bizning kelajagimiz xalqimiz va davlatimiz kelajagi esa yoshlarimizning qо‘lidadir. Maskur o’quv qo’llanma 2018-yilda ishlab chiqilgan 5140100-biologiya ta’lim yo’nalishi bakalaviriat talabalari uchun malaka talablari va o’quv rejasi, dasturi asosida yozilgan. Qo’llanma kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim to’g’risidagi qonunlarga asoslanib yozilgan darsliklar o’quv qo’llanmalar, monografiyalar, ilmiy-ommobop kitoblar, ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalardan foydalanildiBiologiya o‘qitish metodikasi biologiya fan asoslari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv, jarayonlar, prinstiplar va qonuniyatlar to‘g‘risidagi fandir. Mazkur prinstip va qonuniyatlarni bilish O‘qituvchiga maktab biologiya kursi bilan bog‘liq o‘quvtarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil yetish va boshqarish imkonini beradi. Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanlarining mazmuni, uning o‘qitish shakllari, metodlari, vositalarini o‘zaro bog‘liq holda joriy yetishning maqsad qilib qo‘yadi. Biologiya o‘qitish metodikasining asosiy vazifasi o‘quvchilarga biologik o‘kuv fanlar bo‘yicha chuur atroflicha bilim berish, ularning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishiga ko‘mak beruvchi o‘quv fanlar mazmunini, o‘qitish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiishdan iborat. Biologiya o‘qitish metodikasi fan sifatida Har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo‘lib, u narsa va xodisalar to‘g‘risida bilimlar to‘plashga yo‘nalgan, hamda tadqiqot ilinayotgan narsa xodisalar to‘g‘risida to‘li va chuur bilim olishga aratilgan. Fanning asosiy funksiyasi tadqiqot hisoblanadi. Biologiya o‘qitish metodikasi fan sifatida mazkur fan bilan bog‘liq o‘quvchilarning bilim olish, tarbiyalanish va rivojlanishini nazariy va amaliy jihatidan tadi qilishni maqsad kilib ko‘yadi. Fanning asosiy belgisi bo‘lib, maqsadning aniligi, o‘rganish predmeti, bilimlarni bqilish usullari va shakllari hisoblanadi. Shu bilan birga fanning rivojlanish tarixi, uning boyishiga sababchi bo‘lgan kashfiyotlarni qilish ham muhim sanaladi. Biologiya o‘qitish metodikasi pedagogik fanlar tarkibiga kiradi. Shu sababli uning oldida turgan maqsad va vazifalar ham umumpedagogik maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. Biologiya o‘qitish metodikasi barcha o‘quv fanlarga taaluli bo‘lgan pedagogik oidalarni, biologik o‘quv materialiga tadbi yetishga yo‘nalgan. Shu bilan bir atorda biologiya o‘qitish metodikasi tabiiy, ilmiy, biologik, psixologik, pedagogik bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanining o‘qitish maqsadini, mazmunini, biologik bilimlarning tanlash prinstipini belgilab beradi. Biologiya o‘qitishning hozirgi davrda samarali bo‘lishi o‘quvchilarning o‘quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashish uchun zarur bo‘lgan biologik bilimlar, ko‘nikmalar, malakalarni egallaganiklari bilan belgilanadi. Ular esa o‘z navbatida o‘quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, e’tiodi, tabiat, jamiyat va shaxsga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va amaliy jihatdan takomillashtirishga bo‘lgan extiyoji bilan ifodalanadi. Biologiya o‘qitishning maqsadi yuorida qayd qilingan omillardan kelib chiqadi. Biologiya o‘qitishning maqsadlarini bilish o‘qituvchiga o‘qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradiBiologiya o‘qitish metodikasining ilmiy – tadqiqot metodlari: 1.Maktab o‘qituvchilarining ish tajribasini kuzatish va faoliyatdagi ijobiy, salbiy tomonlarini anilash; 2.Bu sohada to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va hal etilmagan muammolarni aniqlashtirish va ularni hal etish uchun zarur ishchi farazlarni ilgari surish; 3.Ilgari surilgan farazlarning anchalik hayotga yaqin yekanliklarini aniqlash maqsadida maktablarda pedagogik tajribalar o‘tkazish hamda tajribaviy, nazorat sinflardan olingan ma’lumotlarni o‘zaro taqqoslash; 4.Kuzatish va pedagogik eksperimentlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash; 5.Olingan ma’lumotlarga asoslanib, metodik maqolalar, qo‘llanmalar yaratish va ishlab chiqilgan fikr mulohazalarning ommaviy maktablarda tekshirishdan o‘tkazish va tasdig‘ini olish. Hozirgi davrga kelib, biologiya o‘qitish metodikasida o‘tkazilgan pedagogik tajribalar natijasida «Biologik tushunchalarni rivojlantirish», «Biologiyada o‘qitish shakllarining sistemasi», «Biologiyada o‘qitish metodlari», «Biologiyada ekologik tushunchalarni rivojlantirish», «Biologiya o‘qitishning moddiy bazaviy sistemasi», «Pedagogika Oliy o‘quv yurtlari talaba biologlarning maktabdagi ishga metodik tayyorlash sistemasi» kabi nazariyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan. Maktablarda o‘qitiladigan biologiya o‘quv fanlarga qarab «Biologiya o‘qitish metodikasi» fani «Biologiya o‘qitishning umumiy metodikasi», «Botanika o‘qitish metodikasi», «Zoologiya o‘qitish metodikasi», «Odam va uning salomatligini o‘qitish metodikasi» va nihoyat «Umumiy biologiyaning o‘qitish metodikasi» kabi xususiy o‘qitish metodika fanlariga ajrat qiladi. Biologiya o‘qitishning umumiy metodikasi barcha biologik o‘quv fanlariga oid o‘qitishning maqsadi, vazifasi, mazmuni, prinsiplari, usullari, vositalari, shakllari, biologiyani o‘qitish tarixi, bosqichlari kabi masalalarni qamrab oladi. Xususiy metodikalar esa u yoki bu o‘quv fanining mazmuni o‘quvchilarning yoshi bilan bog‘liq dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, ekskursiyalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish, jihozlash kabilarni diat markazida tutadi. Biologiya o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi Biologiya o‘qitish metodikasi pedagogikaning bir qismi bo‘lgan didaktika bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o‘quvchilar tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni o‘zlashtirish qonunlarni o‘rgansa va u maktabdagi barcha o‘quv fanlari uchun o‘qitish nazariyalarni va prinsiplarini ishlab chiqsa, biologiya o‘qitish metodikasi biologiya bilan bog‘liq o‘qitish va tarbiyalash mazmuni, shakllari, va metodlari hamda vositalari bilan bog‘liq nazariy va amaliy masalalarni ishlab chiqadi. Biologiya o‘qitish metodikasi psixologiya bilan uzviy aloqadadir. Chunki, biologiyani o‘qitish o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan taqdirdagina samara beradi. Masalan o‘smirlarda ya’ni V-VI sinf o‘quvchilarida diat beqaror bo‘lgani sababli biologiya o‘qituvchisi dars jarayonida bir necha metodlardan foydalanib, o‘quvchilar faoliyatini almashtirib turadi, hamda ularning tafakkurini konkret ekanligini e’tiborga olib, ko‘rgazmali vositalardan ko‘proq foydalanadi. Yuqori sinflarda esa o‘quvchilar diqqati barqarorlashgani va ularda abstrakt tafakkur rivojlangani uchun darslar ko‘proq ma’ruza shaklida o‘tkazqilishi va bir, ikki metoddan foydalanish kifoya qiladi. Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya fani bilan uzviy aloqador. U biologik fanlarning deyarli barcha sohalari: botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, stitologiya, biokimyo, embriologiya, sistematika, ekologiya, evolyustion ta’limot, antropologiya molekulyar biologiya fan asoslarini o‘zida ifoda qiladi. Tirik tabiat vakillarining tashqi, ichki tuzilishini hayot faoliyatini tashqi muhit bilan aloqasini to‘g‘ri tushuntirish o‘simlik, zamburug‘, hayvon, mikroorganizmlarni aniqlash, ulardan mikro va makropreparatlar tayyorlash, ular ustida kuzatish, tajribalar olib borish, o‘qituvchidan yaxshi nazariy bilim, amaliy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin maktab biologiya o‘quv fani bilan biologiya fani orasida muhim tafovutlar borligini O‘qituvchi yaxshi bilishi kerak. Biologiya fanining asosiy maqsadi tirik va o‘lik tabiati to‘g‘risida tadqiqot o‘tkazishi oraliq yangi bilimlarni hosil qilish bo‘lsa, maktab biologiya o‘quv fanining maqsadi, o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda ularga biologik bilimlar, ya’ni biologik tushuncha, qonunlar, nazariyalar berishdan bilimlar va uni tushuntirishdan iborat. Maktab biologiya kursida fan emas, balki fan asoslari – o‘quvchilar uchun zarur asosiy ma’lumotlar mujassamlashgan. Shu bilan birga maktab biologiya kursi «kichik fan» emas, balki o‘quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ko‘mak beruvchi biologiyani asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi. Biologiya o‘qitish metodikasi o‘quv fani sifatida Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim biologiya O‘qituvchini tayyorlashda biologiya o‘qitish metodikasi o‘quv fani nihoyatda muhim o‘rin tutadi. Bu o‘quv fanini o‘qitish jarayonida talabalarning biologiyani o‘qitish uchun zarur kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanadi. Tabiiydirki, o‘quv fanida fan to‘plagan hamma bilimlar emas, balki uning asoslari berqiladi. Ular o‘qitish vazifalaridan, o‘quvchilarning yoshi, tayyorgarlik darajasini e’tiborga olgan holda maxsus saralangan bilimlar o’quv qo’llanmasidan iborat. Fandan farqli ravishda o‘quv fanining asosiy vazifasi bilim va ma’lumot berishdir. O‘quv fani fanning ani nusxasi emas. O‘quv fanini yaratishda fan tomonidan to‘plangan bilimlar va tajribalar tizimini talabalarga berish ustunlik qiladi. U faqat ilmiy ma’lumotlarnito‘plash tartibi emas, balki tushunchalarni umumlashtirish, aniqlashtirish, ilmiy faktlarni, fikr – mulohazalarni tartibga solishdan tarkib topadi. O‘quv fani o‘zining asosiy bilim va ma’lumot berish funksiyasidan kelib chiqqan holda ma’lum tartib asosida tuzilgan. Oliy maktab biologiya o‘qitish metodikasi darsligi o‘z tuzilishi va mazmuniga ko‘ra fanga yaqinroq. U o‘z tarkibiga ilmiy ma’lumotlardan tashqari fandagi ayrim munozarali masalalarni yechishga qaratilgan turlicha qarashlarni, xayotni topishda muvafaqiyatli yo muvafaqiyatsiz izlanishlarni ham o‘zida ifoda qiladi. Shu bilan bir qatorda ilmiy izlanishlar metodologiyasini, usullarini ham yaratadi. Biologiya o‘qitish metodikasi o‘quv fani talabalarni nazariy va amaliy jihatidan tayyorlash jarayonida faqat maktab biologiya kursining tuzqilishini bayon yetish cheklanmay, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb – hunar muassasalarida biologiya bo‘yicha o‘qitishning tashkil yetishni o‘ziga xos tomonlari bilan ham tanishtiradi, biologiya o‘qitish usullari, vositalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikma malakalarni shakllantirishga hamda o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan minimal bilimlar o’quv qo’llanmasini talablar tomonidan o‘zlashtirishga imkon beradi. Shu bilan birgalikda zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalarni qo‘llash, biologiya o‘qitishda innovatsion yondashish ko‘nikmalarni hosil qiladi.
Yüklə 18,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin