Masalaning yechilishi:
Masala shartiga ko’ra, retsessiv gomozigotali individlarning genotipi aa (q2) mahlum. Bu yerda a allelining (q) chastotasini to’amiz. aa genotipining uchrash chastotasini aa (q2) birliklar bilan ifodalaymiz. Buning uchun barcha o’simliklar sonini 1 ga teng deb olamiz, ya’ni 84000 = 1. U holda aa (q2) genotipning chastotasi: q2 = 210 : 84000 = 0,0025; a allelining chastotasi
q =√q2 =√0,0025 =0,05
p + q =1 formulasidan foydalanib,
A allelining (p) chastotasini aniqlaymiz: p=1– q=1 – 0,05 = 0,95
Geterozigotali o’simliklarning uchrash chastotasi Aa =2 pq = 2 (0,95 x 0,05)= 0,095.
3-masala. Makkajo’xori o’simliklari populyatsiyalarida alg’binos o’simliklar (aa) 0,0035 chastota bilan uchraydi. A va a allellarining hamda AA, Aa genotiplarining uchrash chastotalarini hisoblab chiqing.
4-masala. 64000 tup javdar o’simligining 110 tupi retsessiv gomozigotali (aa) holatida bo’lgan alg’binos o’simliklardan iborat bo’lsa, A va a allellari hamda alg’binizm belgisini saqlovchi geterozigotali o’simliklarning uchrash chastotasi qanday bo’ladi?
5-masala. No’xat o’simligining 4 ta qizil gulli, lekin genotip bo’yicha geterozigotali (Aa) va 1 ta qizil gulli, lekin gomozigotali (AA) o’simliklarini bir necha avlod davomida ekib o’rganilgan. No’xat o’simligining o’z-o’zidan changlanib ko’payishini bilgan holda F4 da rivojlanadigan genotip va fenotiplarning nisbatini aniqlang.
6-masala. Populyatsiya 80% AA genotipli va 20% aa genotipli individlardan tashkil to’gan. populyatsiyada muvozanat tiklangandan keyingi AA, Aa, aa genotipli individlarning uchrash chastotalarini aniqlang.
7-masala. populyatsiya 60% BB genotipli va 40% bb genotipli individlardan iborat. Xardi-Vaynberg qonuniga muvofiq, populyatsiyada muvozanat tiklangandan keyingi BB, Bb, bb genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |