G’o’zaning yangi izogen liniyalari va analizator - liniya bilan bo’lgan F1 duragaylarida chigit tuklanishi belgisining irsiylanishi
SHuni ta’kidlash kerakki, taxlil qilinayotgan boshlang’ich liniyalarni chigit tuklanishi bыyicha uch guruhga ajratish mumkin:
Birinchi guruhga chigitida tuki bo’lmagan-yalong’och urug’li liniyalar (gs): L-103, L-102;
Ikkinchi guruhga chigitning faqat mikropilyar qismida tuki bo’lgan liniyalar (MS) L-304, L-305, L-306, L-15;
Uchinchi guruhga chigitning hamma qismida tuki bor liniyalar (OS): L-500 va L-489. Bu guruhga kiruvchi L-500 chigitning tuklanishi L-489 nisbatan biroz farq qiladi.
Birinchi guruhga kiruvchi chigiti tuksiz (yalong’och urug’li) L-103 va L-102 liniyalari analizator liniya L-70 bilan chatishtirilganda F1 o’simliklari ham tuksiz chigitli bo’ldi. Ikkinchi va uchinchi guruhga kiruvchi chigiti mikropilyar tuklanishli L-304, L-305, L-306, L-15 liniyalari va chigitning hamma qismida tuk mavjud bo’lgan L-500 va L-489 liniyalari analizator liniya L-70 bilan chatishtirilganda hamma kombinatsiyalardagi F1 o’simliklari tuksiz chigitli bo’ldi, ya’ni chigitning tuksizligi dominantlik qildi.