2-masala. Gulsimon tojli tovuqlar yong’oqsimon tojli xo’roz bilan chatishtirildi. Birinchi avlodda 3/8 qism yong’oqsimon tojli, 3/8 qism gulsimon tojli, 1/8 qism no’xatsimon tojli, 1/8 qism oddiy tojli parrandalar olindi. Ota-ona va avlodlarning genotipini aniqlang.
3-masala. Gulsimon va no’xatsimon tojli parrandalar o’zaro chatishtirilib, keyingi avlodda 6 ta yong’oqsimon tojli va 5 ta gulsimon tojli jo’jalar olindi. Ota-ona genotiplarini aniqlang.
4-masala. Yong’oqsimon tojli tovuqlar gulsimon tojli xo’rozlar bilan chatishtirilib, keyingi avlodda 4 ta bargsimon tojli, 5 ta no’xatsimon tojli, 13 ta gulsimon tojli va 12 ta yong’oqsimon tojli individlar olindi. Boshlang’ich ota-ona parrandalar va avlodlarning genotipini aniqlang. Olingan natijalarni χ2 metodi yordamida tekshiring.