12-masala. To’tiqushlarning bir turida patning rangli bo’lishi allel bo’lmagan ikkita dominant genning komplementar ta’siriga bog’liq. Ulardan biri mustaqil holda patning havorang bo’lishini, ikkinchisi esa sariq bo’lishini ta’minlaydi. Genotipda har ikkala dominant genning bo’lishi pat rangining yashil bo’lishini belgilaydi. SHu genlarning retsessiv allellari yig’indisi esa pat rangining oq bo’lishini ta’minlaydi.
1) Yashil to’tiqushlar chatishtirilganda F1 da olingan qushchalarning 55 tasi yashil, 17 tasi havorang, 18 tasi sariq va 6 tasi oq patli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan to’tiqushlarning genotipini aniqlang.
2) Hayvonot bog’ida oq to’tiqushlarni yetishtirishga topshiriq olingan. Ammo fermada mavjud bo’lgan yashil va havorang to’tiqushlar chatishtirilganda keyingi avlodda oq patli to’tiqushlar chiqmagan. Sababini tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |