7-masala. Albinizm odamlarda autosoma retsessiv belgi sifatida nasldan naslga
o’tadi. Er-xotinlardan biri albinos, ikkinchisi esa normal bo’lgan oilada, har xil tuxumdan rivojlangan egizaklar tug’ilib, ulardan biri albinos, ikkinchisi esa tahlil qilinayotgan belgi bo’yicha normal edi. Ushbu oilada yana albinos bo’lgan bola tug’ilishi e’htimolini aniqlang.
8-masala. Odamlarda, pastki kurak tishlarning qo’shilgan holda bo’lishi, sut tishlari bilan ko’zatilib, keyinchalik doimiy tishlar chiqqanda, ular qo’shilmagan holatda bo’ladi. Ushbu belgi irsiy bo’lib, autosoma orqali dominant belgisi fatida nasldan naslga o’tadi. Bir oilada, ularni birinchi farzandi ushbu belgi bilan tug’ilganini bilib qolishdi. Ota-onalari qaysi birlarida ushbu belgi bo’lganini eslay olmadilar. Ularning oilasida shu belgiga ega bo’lgan bolalar yana tug’ilishi mumkinmi ?