2) Endi masala mazmunida noma‟lum bo‟lgan oqsil va yog‟ miqdorini topamiz.
500 : 2,5 = 200 gr bu esa oqsil va yog‟ning umumiy miqdori.
3) Uchinchi amal orqali oqsil va yog‟ning alohida massasini topamiz va har biri
necha kkal energiya hosil qilishini hisoblaymiz.
a)200 : 2 = 100 grdan oqsil va yog‟ bor ekan.
b)100 × 4,1 = 410 kkal (oqsil)
v)100 × 9.3 = 930 kkal (yog‟)
4) Oqsil, yog‟ va uglevodning umumiy energiyasini aniqlaymiz.
410 + 930 + 2050 = 3390 kkal umumiy energiya.
5)Darslikdan bizga ma‟lumki, energiya almashinuvi uch bosqichda boradi ya‟ni:
birinchi bosqich: asosiy moddalar almashinuviga sarflanadigan energiya;
ikkinchi bosqich: ovqat hazm qilishga sarflanadigan energiya;
uchinchi bosqich: bir kecha-kunduzda
bajarilgan ishga sarflanadigan energiya.
Temurning tana massasi 70 kg ligi masala mazmunida berilgan, bu
ma‟lumotlarga tayanib, asosiy moddalar almashinuviga
sarflanadigan energiya
miqdorini aniqlab olamiz: (Eslatma: 1kg tana massasiga 1 soatda 1 kkal energiya
sarflanadi)
70 × 24 = 1680 kkal energiya asosiy moddalar almashinuviga sarflanadigan energiya
aniqlangach,
umumiy energiyadan ayirsak, ovqat hazm qilishga va bir kecha-
kunduzda bajarilgan ishga sarflangan energiya miqdori kelib chiqadi.
3390 – 1680 = 1710 kkal
Javob: Temur bir sutka davomida 1710 kkal energiya
ovqat hazm qilishga va
bir kecha-kunduzda bajarilgan ishga sarflangan.
Dostları ilə paylaş: