Biologiyadan masala va mashqlar yechish


Odam va uning salomatligi bo‘yicha foydalaniladigan masala va



Yüklə 394,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix24.12.2022
ölçüsü394,11 Kb.
#77657
1   2   3   4   5   6   7
\'Ochiq dars-11.10.2019 (1)

2.Odam va uning salomatligi bo‘yicha foydalaniladigan masala va 
mashqlarga qo‘yiladigan talablar 
Odam va uning salomatligi bo„yicha foydalaniladigan masala va mashqlar yechish 
davomida o„quvchilar quyidagi bilimlarni egallagan bo„lishlari lozim: 
- hujayraning tuzilish xususiyatlarini va hayot faoliyatining asosiy jarayonlarini; 
- to„qimalar, organlar, organlar sistemasining tuzilishi xususiyatlarini va funksiyalarini
organlar sistemasini nerv va gumoral boshqarilishini;
- odam organizmidagi tayanch harakatlanish tizimining o‟ziga xos jihatlarini; 
-odam va hayvonlar organizmining tuzilishi va funksiyalaridagi o„xshashlik va farqlarini; 
- odam organizmining mehnat faoliyati, tik yurish va ijtimoiy yashash tarzi bilan bog„liq 
bo„lgan xususiyatlarini; 


- organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligini, immunitet, issiqlikning boshqarilishi, 
moddalar almashinuvi, plastik va energetik almashinuvining o„zaro bog„liqligini, ratsional 
ovqatlanishni; 
- sun‟iy nafas oldirish usullarini, shikastlanganda birinchi yordam ko„rsatishni, odam qad 
– qomatini aniqlash usullarini; 
- odam organizmining rivojlanishi; 
- jismoniy mashqlarning organizmga ta‟sirini; 
- sog„liqni saqlovchi va unga salbiy ta‟sir ko„rsatuvchi omillarga bog„liq masala va 
mashqlarni bajarishni; 
-ayirish organlari va uning tuzilishi, funksiyalarini; 
-nerv sistemasi va sezgi analizatorlarining tuzilishi, bajaradigan vazifalarini. 
 
3. Odam va uning salomatligi o’quv kursini o’qitishda masala va mashqlardan 
foydalanish metodikasi 
 
Umumiy o‟rta ta‟lim maktablari o‟qituvchilari o‟quvchilarda ilmiy 
tushunchalarni shakllantirishda qо„llaniladigan masalalar va mashqlar ixtisoslashgan 
xarakterga ega ekanligini hisobga olishlari muhim sanaladi chunki ayrim masalalar 
sinfdagi barcha о„quvchilar tomonidan bajariladi, boshqalari esa biologiyadan yaxshi 
о„qiydigan, biologiya bilan chuqur shug„ullanishni xohlaydigan о„quvchilarga 
beriladi. Shuning uchun о„qituvchi masala va mashqlardan foydalanish borasida 
о„quvchilarning individual xususiyatlarini, о„zlashtirish darajalarini ham hisobga 
olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. О„qituvchi yuqoridagilarni hisobga olgan 
holda qachon va qayerda masala-mashqlardan foydalanishni, uni bajarish uchun 
qancha vaqt ajratishni aniq bilishi kerak. 
O’qituvchi yoki o’quvchi biologik masala va mashqlar yechish uchun: 
 O‟quv material mazmunini puxta egallagan bo‟lishi; 
 Fanlararo bog‟lanishlarni amalda qo‟llay olishi; 
 Ilmiy va ommabop materiallardan foydalanish yo‟llarini bilishi; 
 biologiya o‟quv kursining barcha bosqichlaridan masala va mashqlarning zanjirini 
tuzishi hamda uzluksiz ravishda ishlashi lozim. 

Yüklə 394,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin