Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tegishli fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Yakuniy nazorat Registrator ofisi tomonidan elektron platformada yaratilgan nazorat jadvaliga asosan belgilangan vaqtda o’tkaziladi.
Talaba tegishli fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar joriy nazorat, oraliq nazorat va mustaqil ta’lim topshiriqlarini topshirgan bo’lishi shart.
Joriy nazorat, oraliq nazorat va mustaqil ta’lim topshiriqlarini topshirmagan, shuningdek ushbu topshiriqlar va nazorat turi bo’yicha «0-29,9» ballar oralig’ida ball olgan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Shuningdek, bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo’yicha tegishli kreditlarni o’zlashtirmagan hisoblanadi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, ushbu nazorat turi bo’yicha «0-29,9» oralig’ida ball olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Mazkur fan bo’yicha yakuniy nazorat Testko’rinishida o’tkaziladi.
Yakuni nazorat uchun 50 ball ajratilgan.
YAKUNIY NAZORAT TEST SAVOLLARI (mavzular doirasida)
Biomеtriya fanining mazmuni. matеmatik usullar, sifat va miqdoriy o`rsatkichlar
Biomеtriya fani va uni o`rganish obеkti. Ehtimollar nazariyasi va matеmatik statistika fani usullarining biologiyada tutgan o`rni.
Sifat va miqdoriy ko`rsatkichlar.
Biologik o`zgaruvchanlik va kuzatuv natijalarining xatoliklari.
Statistik to`plam. Bosh va tanlanma to`plam.
Tanlanma hajmi va variantalari. Tanlanma to`plamini tuzishda qo`yiladigan shartlari: rеprеzеntativlik, bir jinslik, tipiklik.
Tajriba natijalarini dastlabki qayta ishlash
Tanlanmani tartiblashtirish. Variatsion qator tuzish.
Chastotali va nisbiy chastotali variatsion qatorlar.
Uzluksiz ko`rsatkich natijalari bo`yicha hosil qilingan tanlanmadan sinflarga ajratish usuli bilan chastotali variatsion qator tuzish.
Variatsion qatorlarni grafik tasvirlash: gistogramma, poligonlar. grafiklardan chiqadigan dastlabki xulosalar.
Variatsion qatorlarni grafik tasvirlash: gistogramma va poligonlar yasash to’g’risida tushuncha. Grafiklardan chiqadigan dastlabki xulosalar
Statistik ko`rsatkichlar.
Arifmetik o’rtacha va uning xossalari.
Geometrik, kvadratik, kubik, gormonik o’rtachalar. Ular haqida tushunchalar va ularning qo’llanishi.
O’zgaruvchanlik (tarqoqlik o’lchovi) tushunchasi.
Dispersiya, o’rta kvadratik tarqoqlik va ularni hisoblash formulalari.
O’rtacha va dispersiyani hisoblash soddalashtirilgan usullar.
O’zgaruvchanlikni baholashning boshqa ko’rsatkichlari.
Matematika statistika elementlari(4-soat)
Matеmatik statistikaning vazifalari va masalalari.
Tanlanma mеtod. Statistik taqsimot.
Empirik taqsimot funksiya.
Poligon va gistogramma.
Statistik munosabatlar to`g`risida umumiy tushuncha.
Ko’p o’lchovli tasodifiy miqdorlar.
Miqdorlar orasidagi munosabatlar va ularning turlari: funktsional; statistik; bog‘liqsizlik. Ikki tasodifiy miqdor orasidagi chiziqli statistik munosabat o’lchovli-korrelyatsiya koeffitsienti va uning xossalari.