BIOS dasturiga kirish yo’llari
Oldingi maqoladan, BIOS haqida dastlabki bilimlarga ega bo‘ldingiz. Endi, bir necha maqolalar bevosita BIOS’ga tegishli bo‘ladi, xullas u haqida to‘liq yozib o‘tishga harakat qilaman.
Dastlab, bu dastur ichiga qanday qilib kirishni ko‘rsatib o‘taman. BIOS bilan ishlash bo‘yicha tajribangiz bo‘lmasa, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni maslahat beraman, ya’ni kerakli fayllaringizni boshqa kompyuterga yoki boshqa vinchesterga olib qo‘ying, bu juda nozik ish bo‘lib, bilmasdan BIOS’ga doir biror boshqa sozlashni o‘zgartirib qo‘ysangiz, kompyuteringiz ishlamay(yonmay) qolishi mumkin.
BIOS dasturiga, operatsion tizim ishlab turgan paytda kirib bo‘lmaydi, bu xavfsizlik sababli qilingan. Uning uchun kompyuterni qayta yuklash lozim. Kompyuter yonganda, ekranda bir muddat BIOS’ga qanday kirish haqida axborot chiqadi, odatda «Press DEL to enter SETUP» ko‘rinishida bo‘ladi. Agar bu xabarni o‘qiy olmasangiz, bu haqidagi ma’lumot Motherboard(Материнская плата) qo‘llanmasida ham bo‘ladi, shu yerdan bilib olishingiz mumkin.
Agar qo‘llanma bo‘lmasa va BIOS’ga qanday kirishni bilmasangiz, havotirlanmang, kompyuter yonganda Delete, F1 yoki F2 tugmalaridan birini tez-tez bosib natijasini kuting, agar operatsion tizim yuklanishi boshlanib ketsa, demak bilinki siz bosgan tugma BIOS dasturiga kirishni amalga oshirmaydi, qolgan ikki tugmani bosib harakat qilib ko‘ring. Kirish amalga oshganligini ekranga chiqadigan ko‘k fonli, bir necha menyulardan tashkil topgan oynadan bilish mumkin.
Notebook’larda, chiqarilgan firmaga qarab, BIOS’ga standartdan tashqari(delete, F1,F2)tugmalar orqali kiriladi, ya’ni firma o‘zi belgilaydi, qaysi tugma orqali BIOS’ga kirish mumkinligini. Quydagi jadvalda, qanday firma Notebook’larida, BIOS’ga kirish qanday tugmalar asosida amalga oshirilishi haqida axborot berilgan. Bu jadval «windxp» internet saytidan olingan.
Bu degani shunday bo‘ladi degani emas, katta ehtimollik bilan shunday degani. Davomini ko‘ramiz.
BIOS’ga qanday kirish kerakligini bilib oldingiz, o‘zingiz uchun yuqoridagi jadvalni qog‘ozga chiqarib ish joyingizga(uyingizga) qo‘yib qo‘ying, kerak bo‘lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |