11-mavzu. Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/23
tarix19.05.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#58653
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
11 mavzu



11-mavzu. Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati 
Reja: 
11.1. Monopol bozor xususiyatlari va ko’rinishlari. 
11.2. Monopol bozorlarda ishlab chiqarish va narxlar o’rnatishdagi qarorlar. 
11.3. Monopol bozorlarda foydani maksimallashtirish. 
11.4. Narxlar diskriminatsiyasi va monopoliyaga qarshi qonunchilik 
11.5. Monopoliya va mukammal raqobat 
11.6. Raqоbatlashgan mоnоpоl bоzоri
11.7. Monopol raqobat va mukammal raqobatga
11.1. Monopol bozor xususiyatlari va ko’rinishlari 
Firma yagona mahsulot sotuvchisi bo’lsa, u monopol hisoblanadi va uning 
mahsulotini o’rnini bosuvchi boshqa firmalar bo’lmaydi. Monopol firmaga deyarli 
to’siqlar qo’yilmaydi. Sababi, boshqa firmalar bozorda monopol firma bilan raqobat qila 
olmaydi, chunki monopol firmaning bozorida faqat sotuvchining o’zi qoladi
1
. Buning o’z 
navbatida, uch asosiy manbalari bor:
Monopol resurslari: ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan asosiy resurs bitta firmaga 
tegishli bo’ladi. Monopol firmani vujudga keltirishning oddiy usuli, asosiy resurs egasi 
bo’lmish biror firma mahsulotini narxini oshirishidir. Misol uchun, muayyan kichik 
shaharchada suv yetkazib beruvchi bozorni ko’rib chiqsak. Suv yetkazib beruvchilar 
orasidagi raqobat natijasida, bir litr suvning narxi, ishlab chiqarish jarayonida chekli 
harajat yuqori bo’lishiga qaramay, sotuvchilar mahsulotni arzonroq sotishga harakat 
qilishadi. Shaharchada monopolist uchun faqat bitta yaxshi tomoni, boshqa bir joydan suv 
olish mumkin emas, Buning oqibatida quduq egasi suv sotish ustidan monopol bo’lib 
qoladi. Ajablanarlisi ham shundaki monopolist raqobat bozorida birlamchi ehtiyoj tovari 
hisoblangan suv uchun past chekli qiymatni belgilasa ham, juda yuqori foydaga erishishi 
mumkin. Asosiysi mutlaq egalik amaliyoti monopoliya salohiyatiga sabab bo’lsa-da, 
kamdan-kam hollarda monopoliya yuzaga keladi. Iqtisodiy jihatdan quvvatli va aylanma 
mablag’i ko’p firmalar tomonidan chiqariladigan mahsulot brend hisoblanib, xalqaro 
bozorda o’z qiymatiga ega, odatda ularning ko’lami ko’pincha butun dunyo bo’ylab 
tarqalishiga qarab belgilanadi.
Hukumat tomonidan tartibga solish: hukumat bitta firmaga ba’zi bir xizmat 
ko’rsatish yoki ishlab chiqarishning mutlaq huquqini beradi. Hukumat biror kishi yoki 
ba’zi firmalarga xizmat ko’rsatish hamda sotish uchun eksklyuziv huquqni berish orqali 
monopoliyalarni vujudga kelishiga zamin yaratadi. Ba’zan monopol kengayish 
monopolistlarning siyosiy ta’sirdan kelib chiqqan holda ko’payadi. Masalan, Qirollik 
oilasi do’stlari va ittifoqchilari uchun maxsus litsenziya beradi. Shunday qilib, boshqa 
paytlarda davlat manfaati bo’lganligi sababli hukumatga monopol bo’lish uchun sharoit 
yaratiladi.
Patent va mualliflik huquqlari to’g’risidagi qonunlar bunga muhim misol. Qachonki 
farmatsevtika kompaniyalari yangi dori kashf etishsa, patent uchun hukumatga murojaat 
qilishadi. Hukumat albatta haqiqatda sifatga ega bo’lgan dori ishlab chiqaruvchi 
1
Ushbu mavzu G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics”7 e.) 
kitobining XV bobiga muvofiq holda tayyorlangan


kompaniyani va 20 yillik dori sotish huquqini beradigan patentni tasdiqlaydi. Bu qonunlar 
bir ishlab chiqaruvchiga monopol bo’lish imkoniyatini yaratish bilan birga, raqobat ostida 
sodir bo’ladigan yuqori narxlarga olib keladi. Lekin bu monopol ishlab chiqaruvchilar 
yuqori narxlar o’rnatishi va ko’p daromad olish imkonini beruvchi bir necha xatti 
harakatlarni rag’batlantirishdan iborat bo’ladi. Dori kompaniyalari faoliyati yuzasidan 
ularning tadqiqotlarini rag’batlantirish orqali monopolist bo’ladilar. Ishlab chiqaruvchilar 
sifatli ishlashlari natijasida savdosi ortgani tufayli ularga monopolist bo’lishga ruxsat 
beriladi. Tadbirkorlik sub’yektlarini qo’llab-quvvatlanishi transport terminallari 
xizmatlarini tartibga solish ro’yxatidan chiqarilishi uchun asos bo’ldi. Transport 
terminallari xizmatlari bozoridagi kontsentratsiyalashuvni pasayishi, litsenziya olgan holda 
amalga oshiriladigan faoliyat turlari uchun ruxsatnomalar olish tartiblarini soddalashtirish 
va muddatlarini qisqartirish borasida davlat tomonidan olib borilayotgan samarali siyosat 
natijasi sifatida namoyon bo’ldi.
Shunday qilib, patent va mualliflik huquqini oluvchi kompaniyalarda ham foyda va 
harajatlar mavjud. Patent va mualliflik huquqi qonunlarida foydani va ijodiy faoliyatini 
oshirish uchun imtiyozlar beriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni: Yirik firmalar ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan mahsulot 
hajmini faqat bitta kichikroq korxona pastroq narxda ishlab chiqarish imkoniyati.
Shu keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, quyidagi ko’rinishlarini 
tavsiflashimiz mumkin: 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin