11-mavzu. Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati


Raqobatlashgan bozor muvozanati



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/23
tarix19.05.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#58653
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
11 mavzu

Raqobatlashgan bozor muvozanati
Yuqorida ko’rgan edikki, raqobatlashgan bozorda iste’molchi va ishlab 
chiqaruvchilarning ortiqchaliklari o’zining maksimal qiymatiga erishadi. Monopol 
raqobatlashgan bozorning samarali yoki samarasiz ekanligini tahlil qilish uchun 
raqobatlashgan va Monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi 
muvozanat holatlarini taqqoslaymiz. Raqobatlashgan va Monopol raqobatlashgan 
bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari 11.10-rasmda keltirilgan. 


11.11-rasm. Raqobatlashgan (a) va Monopol raqobatlashgan (b) bozorlarning uzoq muddatli 
oraliqdagi muvozanat holatlari 
Bu ikki bozor o’rtasidagi farqlarni quyidagilarda ko’rish mumkin: 1. 
Raqobatlashgan bozorda P* = MC bo’lsa, Monopol raqobatlashgan bozordagi narx chekli 
harajatdan yuqori P
M
> MC, demak, iste’molchi qo’shimcha bir birlik mahsulot uchun 
to’laydigan narx, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish harajatidan yuqori. Agar ishlab 
chiqarish hajmi Q
M
dan Q
E
miqdorgacha oshirilganda (MC chizig’i bilan talab chizig’i 
kesishgan E nuqta) iste’molchi va ishlab chiqaruvchining umumiy ortiqchaligi 
shtrixlangan maydon miqdoriga teng miqdorda oshgan bo’lar edi (11.11-b -rasm). Buning 
sababi, yuqorida ko’rganimizdek, Monopol hokimiyatning sof yo’qotishlarga olib 
kelishidir, Monopol raqobatlashgan bozordagi korxonalar ham nisbatan Monopol 
hokimiyatga ega. 2. Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat N nuqtada (11.11a -rasm) 
erishilsa, Monopol raqobatlashgan bozorda M nuqtada (11.10b -rasm) erishiladi. 
Raqobatlashgan bozorda talab chizig’i gorizontal bo’lib, firmaning foydasini nolga 
teng bo’lish nuqtasi o’rtacha harajatning minimal qiymatiga to’g’ri keladi. Monopol 
raqobatlashgan bozorda talab chizig’i pastga tomon yotiq bo’ladi, shuning uchun ham 
firma foydasining nolga teng nuqtasi o’rtacha harajatning minimal nuqtasidan chaproq 
tomonga siljigan bo’ladi va firma ∆Q=Q
N
-Q
M
miqdorga teng rezerv quvvatga ega bo’ladi. 
Bu rezerv quvvatlar samarasiz hisoblanadi, nima uchun deganda, o’rtacha harajatlarni 
ishlab chiqarish hajmini oshirib, kamaytirish mumkin. Bunday samarasizlik aholining 
turmush darajasini pasaytiradi. Demak, Monopol raqobatlashgan bozor samarasiz 
hisoblanadi. Lekin, shu bilan birga Monopol raqobatlashgan bozorning ijobiy tomonlari 
to’g’risida ham gapirish mumkin. 
Monopol raqobatlashgan bozordagi firmalarning Monopol hokimiyati katta emas. 
Bozordagi firmalarning mahsulotlari bir-birini o’rnini bosadi va shuning uchun ham 
alohida firma yuqori Monopol hokimiyatga ega bo’la olmaydi. Demak, aytish mumkinki, 
Monopol hokimiyatdan ko’radigan sof yo’qotishlar ham uncha katta bo’lmaydi. Talab 
chizig’ining yotiqligi, talabning elastik ekanligini bildiradi, shuning uchun firmalarning 
rezerv quvvati ham katta emas. Boshqa tomondan, Monopol raqobatlashgan bozor tovarlar 
assortimentini kengaytiradi. Bu o’z navbatida iste’molchilarga raqobatlashgan tovarlar 
bozorida tanlash imkoniyatini oshiradi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin