BIOSFERADA MODDALAR VA ENERGIYANING AYLANISHI. BIOGEN MIGRATSIYA
Moddalar va energiyaning davriy aylanishi. Biosferaning hamma tarkibiy qismlari tog' jinslari, tabiiy suvlar, gazlar, tuproq, O'simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar — tinimsiz davriy ay lanish jarayoni bilan bog'langan.
Tirik organizmlarning tarkibiga kiruvchi elementlarning lashqi muhitdan organizmlarga o'tib, hujayradagi metabolizmda r.hiirok etishi, keyin tashqi muhitga qaytib, yana tirik organizm-l;n tomonidan foydalanilishi moddalar va energiyaning biotik davriy aylanishi deyiladi. Biotik davriy aylanishi hamma tirik organizmlar ishtirokida kechadi. Biotik aylanish biosferaning mavjudligini ta'minlovchi, uning butunligini va barqarorligini saqlovchi muhim omildir. Yerdagi organizmlar tarkibiga kiruvchi elementlar miqdori cheksiz emas. Agar bu elementlar organizmlar tomonidan faqat iste'mol qilinganida, muhitga qaytarilma-ganida, ertami-kech ularning zaxirasi tugab, hayot to'xtashi mumkin edi. Akademik V. R. Vilyams ta'kidlashicha, kam miq-dorning cheksizligini ta'minlashning birdan bir usuli uni yopiq halqa bo'ylab aylanishga majbur etishdir. Tabiat xuddi o'sha usulni tanlagan.
Yerda moddalarning davriy aylanishini ta'minlovchi birdan-
bir manba quyosh energiyasidir.
Yashil o'simliklar avtotroflar quyosh energiyasi ta'sirida anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlaydi. Boshqa organizmlar (geterotroflar) esa bu moddalarni parchalaydi. Mine-rallashtirilgan moddalardan esa o'simliklar yana organik moddalarni sintezlaydi.
Bir yil davomida yerga tushadigan quyosh energiyasi 10,5xl020 kJ ni tashkil etadi. Bu energiyaning 42 foizi Yerdan koinotga qaytariladi, 58 foizi esa atmosferaga va tuproqqa yutila-di, uning 20 foizini Yer yuzidan qaytaradi.
Yerga yutilgan quyosh energiyasining 10 foizi suv va tuproq-dan suvni bug'lantirish uchun sarflanadi. Har daqiqada 1 milliard tonnaga yaqin suv yer yuzasidan bug'lanadi. Suvning havzalar va quruqlik o'rtasida tinmasdan aylanib turishi Yerdagi hayotni hamda o'simlik va hayvonlarning jonsiz tabiat bilan munosabati-ni ta'minlovchi asosiy omillardan biridir. Yerga yetib keladigan quyosh energiyasining faqat 0,1—0,2 foizidan yashil o'snuli! lar fotosintez jarayonida foydalanadi.
Bu energiya suvni bugiantirish va Yer yuzasini isitishga sarf bo'ladigan energiyaga nisbatan juda kam bo'lsa ham kimyoviy elementlarning davriy aylanishini ta'minlashda juda katta rol o'ynaydi.