Biosferada moddalar va energiyaning aylanishi


Atomlarning biogen migratsiyasi



Yüklə 206,5 Kb.
səhifə2/3
tarix28.09.2023
ölçüsü206,5 Kb.
#150354
1   2   3
BIOSFERADA MODDALAR VA ENERGIYANING AYLANISHI

Atomlarning biogen migratsiyasi. Biogen migratsiya moddalarning davriy aylanishi bo'lib, tirik organizmlarning oziqld nishi, nafas olishi, ko'payishi, organik moddalarni sintezlashl to'plashi va ko'payishi hisobiga amalga oshadi. Biogen migrn tsiyada eng faol ishtirok etuvchi elementlar biogenlar deb ataladl ularga uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt, temli marganes, molibden, magniy, mis, rux, kalsiy, natriy, kaliy va boshqalar kiradi.
Kimyoviy elementlarning izotoplari juda ko'p bo'lishiga qara masdan, tirik organizmlar tarkibiga ularning faqat ayrim izolop larigina o'tadi.
Masalan, vodorodning H1, H2 H3 izotoplaridan eng faoli H1 gina tirik organizmlar tarkibiga kiradi. Organik moddalar tarkibi ga C12 izotopi, anorganik moddalar tarkibiga esa C13 izotopi kira di. Kislorodning О16, О17, O18 izotoplarining ichida O16 izotopigi na yuksak faollikka ega bo'lib, suv va karbonat angidrid tarkibiga kiradi.
Kimyoviy elementlarning bir marta to'liq davriy aylanib chiqish vaqti biogeokimyoviy sikl deb ataladi. Masalan, atmosfera kislorodining hammasi 2000 yil, karbonat angidrid gazi 200—300 yil, biosferaga suv esa 2 million yil davomida tirik moddalar orqali o'tadi.
Tirik organizmlar o'zida faqat muhitda eng ko'p tarqalgan elementlarnigina emas, balki juda kam miqdorda uchraydigan elementlarni ham to'play olish xususiyatiga ega. Kimyoviy ele­mentlarning tirik organizmlaridagi konsentratsiyasi muhitdagiga nisbatan ancha yuqori bo'lishi mumkin. O'simliklarda uglerod-ning konsentratsiyasi Yer po'stidagiga nisbatan 200 marta, azot-niki esa 30 marta yuqoridir.
Har xil organizmlar har xil elementlarni o'zida ko'proq to'play olish xususiyatiga ega. Masalan, temir bakteriyalari — temirni, ildizoyoqli sodda hayvonlar— kalsiyni, bulutsimonlar, ba'zi suvo'tlari — yodni juda ko'p miqdorda o'zlarida to'playdi.
Biogen migratsiya natijasida tirik organizmlar ta'sirida ayrim kimyoviy elementlar valentligi o'zgaradi, yangi kimyoviy birikmalar hosil bo'ladi. Bizga ma'lum kimyoviy elementlardan 40 tftga yaqini biogen migratsiyasida ishtirok etadi.
Biogen migratsiyaning uch turi mavjud. Birinchi turini mikroorganizmlar, ikkinchi turini ko'p hujayrali organizmlar amalga oshiradi. Birinchi tur migratsiyasi ikkinchi turga qaraganda jadalroq kechadi.
Hozirgi zamonda biogen migratsiyada insonlarning ahamiyati (uchinchi tur) tobora ortib bormoqda.
Elementlar migratsiyasi biogen usuldan tashqari fizik va kimyoviy usulda ham kechadi. Lekin biogen migratsiya boshqa usuldagilarga qaraganda ustun turadi.
Quyida ba'zi biogen elementlarining migratsiyasi bilan to'liqroq tanishamiz.

Yüklə 206,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin