Rivojlangan davlatlar orasida biogazdan foydalanish bo'yicha etakchi o'rinlardan
birini Daniya egallaydi. Mamlakat energobalansining 18% biogaz tashkil etadi.
Germaniyada biogaz qurilmalarining soni 8000 etdi. G'arbiy
Evropadagi parranda
fabrikalarining deyarli yarmi biogaz bilan
isitilmoqda.
60-rasm.. Biogazda yuruvchi avtobus. Bern, Shveytsariya.
Rossiyaning biogaz ishlab chiqarish
potentsiali katta. Rossiya yiliga 72
mlrd.m
3
ishlab
chiqarib, uni 151 200
GVts (gigavattsoat) elektroenergiya va
169 344
GVts issiqlik energiyasiga
aylantirish imkoniga ega.
Rivojlanayotgan davlatlarda biogaz
Hindiston, Nepal, V'etnam va boshqa davlatlarda bir oilaga mo'ljallangan kichik
biogaz qurilmalari qurilmoqda. Ulardan olinayotgan biogaz
taom tayyorlash uchun
ishlatiladi. Kichik biogaz qurilmalari bo'yicha etakchi davlat – Hitoy. Birgina o'tgan
asrning 90-yillarining ohiriga kelib Hitoyda 10 mln.dan ortiq qurilma bor edi. Ular
yiliga 7 mlrd.m
3
biogaz ishlab chiqaradi. Shuncha miqdordagi biogaz Hitoydagi 60 mln.
dehqonning yoqilg'iga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. 2010 yilning ohirlarida Hitoyda 40
mln.ga yaqin biogaz qurilmasi ishga tushirildi. Sohada 60 ming kishi mehnat qilmoqda.
Hindistonda 1981 va 2006 yillar oralig'ida 3,8 mln. kichik biogaz qurilmalari
qurildi.
Nepalda biogaz energetikasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan.
Dastur
asosida 2009 yil qishloq aholisi uchun 200 ming kichik biogaz qurilmalari o'rnatildi.
Dostları ilə paylaş: